Zamonaviy elektron qurilmalarni sifatli boshqarish texnologiyasi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#137083
  1   2   3   4   5
Askarova Fotima Araboy qizi



Международный
научный
журнал

8
(100), 
часть
1
 
«
Научный импульс
»
Март 
, 202

621 
ZAMONAVIY ELEKTRON QURILMALARNI SIFATLI BOSHQARISH TEXNOLOGIYASI 
Farg’ona ICHSHUI kasb-hunar maktabi 
Maxsus fan o’qituvchisi 
Askarova Fotima Araboy qizi 
Annotasiya

Zamonaviy elektron qurilmalarni sifatli boshqarish texnologiyasi xaqida 
ma’lumotlar berilgan 
Kalit so’zlar

elektron qurilmalar, sifatli boshqarish texnologiyasi 
 
Tizimning barqaror ishlashining eng muhim shartlaridan biri tashkil topuvchilarning 
ishonchliligi va sifati bo‘lib hisoblanadi. Bu birinchi navbatda mikroprotsessorlar va boshqa 
zamonaviy mikrosxemalarga tegishli bo‘ladi.
Loyihalash bosqichidayoq signallarning tarqalishi va ularni sinxronlashtirish 
modellashtiriladi, shuningdek, mikrosxema va tizim butun tizim darajasida ham, tarkibiy
qismlar darajasida ham modellashtiriladi. Masalan, Intel protsessorlari birgina ishlab 
chiqish bosqichining o‘zida 176 kvadrillion (ya’ni 176×1015) sikl tekshirishlardan o‘tadi. 
Namunalar ishlab chiqarilgandan keyin elektr parametrlarini qat’iy testlar va 
tekshirishlardan o‘tkazish, shuningdek turli operatsion tizimlar,
ilovalar va yuzlab periferiya qurilmalari bilan birlashtirish mumkinligini har 
tomonlama sinovlardan o‘tkazish amalga oshiriladi.
Tekshirish 600 tadan oshiq dasturiy ilovalardan foydalanish bilan 250 mingtadan 
oshiq alohida testlarni o‘z ichiga oladi va 6-8 hafta davomida kechayu-kunduz davom etadi. 
Bu operatsion tizimlar, ilovalar, tarmoq qurilmalari va apparatli tarkibiy qismlarning juda 
keng spektrini birlashtirish va ularning optimal unumdorligiga erishish imkonini beradi.
Tranzistorlarning o‘lchamlari doimo kichrayib borayotganligi sababli kristallarda 
xatolarning paydo bo‘lish ehtimoli ortadi. Shu sababli ularning ishlashining ishonchliligi va 
sifati birinchi planga chiqadi. Buning uchun yetakchi ishlab chiqaruvchilar turli nazorat
qilish, tahlil qilish va korreksiyalash uslublarini ishlab chiqmoqdalar va ulardan 
foydalanmoqdalar. Ularning asosida qattiq jismlar fizikasi, optika va boshqa fanlarning eng 
zamonaviy ilmiy yutuqlari, shuningdek
nanotexnologiyalar yotadi.
Yarim o‘tkazgichlarni ishlab chiqaradigan fabrikalar faqatgina maxsus materiallar,
boltlar, konstruktiv elementlar, asbob-uskunalar va hokazolardan foydalanadi.
Qo‘shimcha o‘lchashlar fundament va qurilmalarning vibrobarqarorligiga ishonch
hosil qilish uchun zarur bo‘ladi. Amaldagi fabrika – bu bir-biridan unchalik katta bo‘lmagan 
(10 sm gacha) oraliqlar bilan ajratilgan bir nechta binolardan tashkil topadi va har bir bino
o‘zining fundamentiga ega bo‘ladi. Bu tashqi manbalardan keladigan vibratsiyalarni ham 
(avtotrasport, poezdlardan), asbob-uskunalarning o‘zlarining vibratsiyalarini ham
so‘ndirishga yordam beradi.


Международный
научный
журнал

8
(100), 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə