*/ V /*v • •.* • j menejment nazariyasi 0‘quv qollanma 0‘zbekist0n respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/337
tarix31.12.2021
ölçüsü3,01 Mb.
#82242
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   337
@BOOKS KITOB MENEJMENT NAZARIYASI

3.
 
MENEJMENT ILMINING KELIB CHIQISHI 
Menejment  tarixi  bo‘yicha  ma’lumotlar  shuni  tasdiqlaydiki,  ilmiy 
tamoyillami 
tashkilotning 
unumdorligini 
ko‘tarish 
uchun 
ishlatish 
imkoniyatlari  konsepsiyasi  menejment  ilm  sifatida  hali  boshlangich 
holatdaligida  paydo  bo‘lgan.  Ilmiy  usulning  menejment  muammolariga 
muntazam  ravishda  qo‘llanilishi  ilmiy  menejmentning  asosi  boigan.  Ammo 
menejment  tafakkuri  maktabining  kelib  chiqish  tarixi  yaqin  davrlarga 
taalluqlidir.
 
Menejment  ilmi  Ikkinchi  jahon  urushi  da\Tida  Angliyada  olimlar  guruhi 
fuqarolar  muddoasi  va  o‘t  ochish  pozitsiyalari  inshootlarini  optimal 
joylashtirish,  kemaga  qarshi  bombalarni  portlatish  chuqurligini  va  transport 
karvonlarining  konvoyini  optimizatsiyalash  kabi  murakkab  harbiy  masalalami 
yechish  topshirig‘ini  olganda  paydo  bo‘lgan.  50-60  yillarda  uslubiyot 
yangilanib,  bir  qator  o‘ziga  xos  usullarga  aylanib,  sanoatda  muammolami 
yechishda  va  har  xil  vaziyatlarda  qaror  qabul  qilishda  kengroq  ishlatila 
boshlandi.  Bugungi  kunda  menejment  ilmining  model  va  usullari  quyidagi 
masalalarni hal qilishda ishlatiladi: shaharlarda transport oqimlarini boshqarish 
va  aeroportlarda  harakat  jadvalini  optimizatsiyalashda,  universitetlarda 
auditoriyalar ish
 
13 
jadvallarini  tuzishda,  supermarket  va  univermaglarda  g‘amlangan  mollami 
boshqarishda,  mahsulotlarning  yangi  turlarini  ishlab  chiqarishda,  turli  xil 
mahsulotlarning  reklamasiga  xarajatlami  taqsimlashda,  moddiy  ta’minlashni 


 
rejalashtirishda,  zavodda  turli  xil  mahsulotlami  ishlab  chiqarish  uchun  asbob-
uskunalar  va  mehnat  resurslarini  taqsimlashda,  mavsumga  beysbol  bo‘yicha 
oliy liganing o‘yin jadvalini tuzishda va hakazo.
 
Menejment  ilmining  markaziy  muammosi  «tashkilot  rahbarlarini 
tashkilotni bir butun holdagi jarayon sifatida uning manfaatlari uchun tashkilot 
tarkibiy  qismlarining  o'zaro  munosabatlari  bilan  bog‘liq  muammolami  hal 
qilishda ilmiy asos bilan ta’minlashdan»  iborat. Bu hamma tashkilotlar uchun 
muhimdir,  lekin  bu  tamoyilni  yirik  tashkilotlarda  qoilash  ixtisoslashtirishning 
yuqori  darajasi  tufayli  qiyin  bo‘lishi  mumkin.  Cherchmen,  Akoff  va  Amoff
1
 
laming tasdiqlashicha: «Tashkilotda har bir funksional birlik (bo‘linma, boiim 
yoki sektor) umumiy ishning bir qismini bajarishga majbur.
 
Shu  har  bir  qism  tashkilotning  umumiy  maqsadlariga  erishish  uchun 
zarurdir.  Biroq,  mehnatning  bunday  taqsimlanishining  natijasi  har  bir 
funksional  bolinma  o‘ziga  tegishli  boigan  maqsadlarni  ishlab  chiqishidan 
iborat.  Masalan,  ishlab  chiqarish  boiimi,  odatda,  ishlab  chiqarish  chiqimlarini 
kamaytirish  va  ishlab  chiqarish  hajmini  ko‘paytirish  bilan  shug‘ullanadi. 
Marketing  bo‘limi  sotish  hajmibirligi  chiqimlarini  minimiunga  keltirish  va  u 
hajmni  maksimumga  chiqarishga  harakat  qiladi.  Moliya  boiimi  tashkilotning 
sarmoya  yo‘naltirish  siyosatini  optimizatsiya  qilishga  urinadi.  Kadrlar  boiimi 
yaxshi  ishchilami  kam  xarajat  qilish  asosida  yollash  va  ulami  tashkilotda 
ushlab  qolishga  bor  kuchini  sarflaydi.  Bu  maqsadlar  har  doim  ham  mohiyati 
bo‘yicha bir-biri bilan kelishmasdan, ko‘pincha bir-biriga zid boiadi».
 
Qaror  qabul  qilishni  modellash  va  munosib  usullar  bo‘yicha  idora 
xizmatlari mutaxassislari maqsadlar farq qilishi munosabati bilan bogliq boigan 
murosalami  baholashga  harakat  qilib,  qarama-qarshi  maqsadlaming  balansini 
ta’minlab  beradigan  altemativ  qarorlami  aniqlamoqdalar.  Menejment  ilmi 
nuqtai  nazaridan  yondoshuvni  tushunish  sizga  idora  mutaxassislari  bilan 
unumli muomala qilishga va tashkilot muammolarining imumli yechimini aniq 
ifoda qilishda ular bilan ishlashga yordam beradi.
 
Taraqqiyotning  hozirgi  bosqichida,  menejmentga  oid  qarashlaming  tez 
rivojlanayotganligini kuzatish mumkin.
 
Bu  taraqqiyot  bosqichidagi  boshqaruv  qanday  bolishi,  korxonalar 
faoliyatini  samarali  tashkil  qilish  uchun  uning  qaysi  yo‘nalishlari,  tamoyillari 
va usullari asos qilib olinishi lozim degan muhim masalani yechish maqsadida 
uning  iqtisodiy  rivojlanish  tarixiga  yaqin  boigan  davrdagi  nazariyasi 
mohiyatini,  tashkil  qilishning  yo‘nalishi  va  usullarini  yaqindan  o‘rganish 
lozim.
 
Bu  borada  butun  dunyoda  tan  olingan  amerikalik  injener  F.U.Teylorning 
(1856-1915  y.y.)  hissasi  katta  bo‘lgan.  U  menejment  nazariyasining 
                     
1
 
http://systems-analysis.ru/operation_reserch_caa.html
 
14 


 
rivojlanishiga katta xissa qo'shgan. Bunga, asosan, XX asr boshlarida AQShda 
yuzaga  kelgan  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  turtki  boigan.  AQSH  uchun  ushbu 
davrda sanoatning gurkirab rivojlanishi xususiyatli boiib, temir  yol tarmoqlari 
mamlakatni  samarali  boshqaruvga  ehtiyoj  sezgan  yirik  ishchi  kuchi  bozoriga 
aylantirdi.  Birinchi  navbatda,  tadbirkorlar  menejment  usullariga  katta  e’tibor 
bergan korxonalar o‘ta rivojlanib ketdi.
 
Bu vaqtgacha tadbirkorlarga menejmentning sirlari o‘rgatilmas edi. Ammo 
oldindan to‘plangan tajribalar o‘z ijobiy natijasini bergan
2
.
 
Eng muhimi va mamlakatimiz amaliyoti uchun e’tiborlisi - ana shu davrda 
menejment san’ati tajribalar asosida rivojlandi, boshqaruvga o‘qitish esa, faqat 
tadbirkorlaming shaxsiy hatolari va kashfiyotlari evaziga amalga oshirildi. Ana 
shu vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatning barchasi menejmentning fan 
sifatida kelib chiqishi uchun asos yaratdi.
 
Menejment to‘g‘risidagi zamonaviy fan 1911 yilda F.U.Teylorning “Ilmiy 
boshqaruv  tamoyillari”  kitobi  nashrdan  chiqishi  bilan  boshlangan.  F.U.Teylor 
quyidagicha  tavsiflanadigan  “Ilmiy  boshqaruv”  tizimini  taklif  qildi: 
“An’anaviy  bilimlar  o‘rniga  -  fan;  qarama-qarshiliklar  o‘miga  -  garmoniya; 
yakka mehnat o‘rniga - hamkorlik; unumdorlikni cheklash o‘riniga - maksimal 
unumdorlik;  har  bir  alohida  ishchining  eng  maksimal  unumdorlikka  erishishi 
va eng yuqori darajadagi faravonlik”
3
.
 
F.
 
U.Teylor  birinchi  bolib,  har  qanday  ixtiyoriy  olingan 
korxonada  boshqaruvni  samaradi  tashkil  qilish  uchun  quyidagi  4  ta  mezon 
bajarilishi lozimligini ilmiy jihatdan asoslagan(l-jadval).
 
 
                     
2
 Ф.У.Тейлор. Научная организация труда. М. 1924 
3
 Ф.У .Тейлор. Научные основы организации промышленных предприятий. СПб. 1912 
15 
1-jadval 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   337




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə