1- laboratoriya ishi. Eksperimental statistik modellashtirish. Ishning maqsadi



Yüklə 93,95 Kb.
səhifə17/27
tarix28.11.2023
ölçüsü93,95 Kb.
#138051
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
1- laboratoriya ishi-fayllar.org

Nazorat savollari
  1. Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipini tushuntiring.


  2. Satx o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar sanoatda qayerlarda qo‘llaniladi?


  3. Schyotchiklar qanday sarf turlarini o‘lchashga asoslangan?


  4. Sarf o‘lchagichning o‘tish funksiyasini keltirib chiqaring.





SATHNI O’LCHASH VA ROSTLASH TIZIMINI ISHINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad
Sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi, tuzilishi va qo‘llanish uslublarini o‘rganish, strukturasini tuzish va soddalashtirishni misollarda ko‘rish, o‘lchash asbobini xususiyatlarini mashinali eksperiment yordamida o‘rganish.


Asosiy qism
Texnologik jaraenlarni avtomatlashtirish masalasini hal qilish ko‘pincha rezervuarlardagi suyuqlik, bunkerlardagi to‘kilib sochiladigan, qattiq bo‘lakchalardan iborat moddalarning sath balandligini o‘lchash, nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Sath o‘lchov asboblari juda ko‘p turli bo‘lib, ularning eng asosiylari sifatida kalqovichli, pezometrik, mexaniq, elektrik, radioaktiv va boshqa sath o‘lchagichlarni ko‘rsatish mumkin.


1 - rasm. Suyuqlik sathi balandiligini qalqovich datchik bilan o‘lchash.



a – qalqovichli o‘lchagich sxemasi; b – suyuqlik sathi balandligini o‘lchash sxemasi; 1 – qalqovich – datchik; 2 – roliklar; 3 – muvozanatlashtiruvchi yuk va ko‘rsatuvchi strelka
Qalqovichli sath o‘lchagich. Qalqovichli sath o‘lchagichlar rezervuarlardagi suyuqliklar sathini o‘lchaydi va eng ko‘p qo‘llaniladigan avtomatika qurilmalaridan hisoblanadi. U suyuqlik sirtida qoptoksimon qalqib turadi (1-rasm, a) va suyuqlik sathi balandligidagi o‘rni, unga ta’sir qiladigan kuchlar muvozanati bilan aniqlanadi. Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich vazni uning suyuklikka botgan hajmidagi suyuqlik vazniga teng bo‘ladi. Undan tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo‘lmay, zichligi ρ0 ga teng bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi.
Bu ikki kuchga qarshi yo‘nalgan qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan kuch F quyidagicha hisoblanadi:

.
Bunda ν - qalqovichning hajmi; ρ0 - suyuqlik ustidagi muhit (suyuqlik) zichligi; g - og‘irlik kuchi tezlanishi; ρ - qalqovich botib turgan suyuqlik zichligi; x - qalqovich botgan qismining balandligi; S - qalqovichning ko‘ndalang kesim yuzi. Qalqovichning ko‘ndalang kesimi S balandligi h bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lganda

Agar suyuqlik ustida havo yoki gaz bo‘lsa, ρ 0 = 0, u holda

Qalqovichni ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas bo‘lganda esa,

Qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan muvozanatlaydigan kuch qalqovich vazniga teng bo‘ladi:
F =G =Const
Bundan foidalanib, kalqovichning suyuklikka botish balandligini topish mumkin:
x = G/(S*ρ*g)=Const
Bu xolda kuchlar muvozanatini ta’minlaydigan qalqovich suyuklik sathi balandligiga muvofiq suriladi. 1 b – rasmda shu prinsipga asosan ishlaydigan eng sodda sath o‘lchagich sxemasi ko‘rsatilgan. Qalqovich 1 roliklar 2 yordamida muvozanatlovchi yuk 3 bilan elastik tros (po‘lat sim) orkali bog‘langan. Yuk bilan biriktirilgan strelka shkala 4 ga muvo- fiq suyuqlik sath balandligini ko‘rsatib turadi.

Bu sodda asbobning asosiy kamchiligi — shkalasining teskariligi va tross og‘irligining o‘zgarishi hisobga olinmasligidir. Shunga qaramay, o‘lchash aniqligi juda yuqori.




Yüklə 93,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə