1 – Tajriba ishi Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim sharoitlarini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi


Rasm 2.  Shovqinni tatqiqot etish tadqiqot Rasm 3



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/37
tarix14.09.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#121951
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
1-Tajriba ishi 12 soat2

Rasm 2. 
Shovqinni tatqiqot etish tadqiqot
Rasm 3
. Shovqin va titrashni o’lchash asbobi ISHV-1 
etish qurilmasining sxemasi.

1-Shovqin yutuvchi yuzali operator xonasi; 2-mikrofon;3-tovush;himoyalovchi to’siq;


4-to’siq o’rnatish moslamasi 5-tovush kamerasi 6- tovush yutuvchi qalqon
7- Shovqin manbai 8-O’lchov asbobi 
IShV-1 asbobini ishga tushiring. Unga tokni yetarli ekanligini tekshiring. Buning uchun "Ish turi" 
("Rod-rabotn") o’chirib yoqgich murivi (qo’loqchasi)ni ("Kontr. pitaniya") "ta’minotni tekshirish" 
Holatiga keltiring. Bunda oldingi paneldagi bildirgich chiroq o’chib-yonishi kerak, asbobni mili 
(strelkasi) esa "Batareya" (7-10 dB) sektoriga qarama-qarshi turishi kerak. Bordiyu bu holat sodir 
bo’lmasa, unda tarmoqni blokini yoki batareyalar tekshirish lozim. Asbobda o’lchov boshlangungacha, 
uni 5 min. muddatda qizdirish kerak. 


Shovqin manbai kamerasida maxsus mo’ljallangan o’yiqsa (inchada) mikrofonni o’rnating. 
Standart oktanlar qatori chastotasi bo’yicha tovush bosimi sathini o’lchash uchun asbobni 
tayyorlang. Buning uchun asbobni oldingi panelidagi o’chirib yoqgich (pereklyuchatel)ni quyidagi 
Holatlarga o’rnating: "Delitel- 1" va "Delitel- 2"ni maksimal qiymatlariga ya’ni 90 va 40 dB ; "Rod 
izmereniya"- Filtrlar holatiga ; "Rod rabotm"ni - sekin (medlenno) Holatiga; "Zvuk- vibratsiya" - 
Tovush (zvuk) holatiga; "Chastota"- 63 Gs Holatiga o’rnating. Shovqin manbaini ishga tushirib, 63 Gs 
chastotadagi tovush bosimini kattaligini o’lchang. Buning uchun "Delitel - 1" o’chirib-yoqgichi Holati 
o’zgartiriladi, kerak bo’lganda esa "Delitel- 2" ni ham holati o’zgartiriladi, asbobni milini shkalaning 
o’ng qismidagi 0 belgiga o’rnatiladi. Qachonki mil, biror-bir shkalani bo’linmasiga to’xtasa, milni va 
o’chirib-yoqgich "Delitel- 1" Hamda "Delitel-2"ni ko’rsatmalari qo’shiladi. Masalan, agar asbobni mili 
6 soniga kelib to’xtasa, o’chirib-yoqgich "Delitel- 1" 90 holatiga bo’lsa, "Delitel-2"- 10 Holatiga turgan 
bo’lsa, bunda tovush bosimini sathi quyidagiga teng bo’ladi: 6+90+10=106 dB. 
O’lchovlar asosida spektrogramma = 
(r 
( G) ni quring. Har qaysi chastotaga ruxsat etilgan 
shovqin grafigini chizing va shovqinni ruxsat etilgan sathidan yuqori zonasini aniqlang. 
Shovqin manbai va mikrofon holatini o’zgartirmay tovush kamerasini shiftiga va devorlariga 
tovush yutuvchi qalqon o’rnating. 
Shovqin manbaini ishga tushuring va yuqorida keltirilgan uslub bo’yicha Har qaysi oktan kengligi 
chastotasida shovqinni sathini o’lchang. 
Chizilgan birinchi tajriba shovqin spektrogrammasiga yangi spektrni chizing, ularni bir-biri bilan 
va shovqin sathini ruxsat etilgan grafigi bilan solishtiring. 
Shovqinni yutuvchi yuzani o’rnatganligi hisobidan kamerada shovqinni pasayish samaradorligi 
to’g`risida xulosa qiling. 
Operator xonasi (kabinasi)da mahsus mo’ljallangan o’yiqchada (inchada) o’lchov asbobining 
mikrofonini o’rnating. 
"Rod izmereniya" o’chirib-yoqg`ich (pereklyuchatel)ni A holatga o’rnatib dB A da shovqinni 
o’lchashni olib boring. Boshqa o’chirib-yoqg`ichlarni Holati va qolgan tovushlar sathini o’lchash uslubi 
xuddi oldingi tajribalarnikidek bo’ladi. Holat o’zgartirgich "Chastota" ishga qatnashmaydi va uning 
Holati ishga daHilsiz. 
Shovqin manbaini ishga tushiring. Kabinadagi (xonadagi) shovqinni kattaligini o’lchang. 
Ulchov asbobi va qo’ng`iroq (sirena)ni ishga tushirmay, tovush kamerasi va operator xonasi 
(kabinasi) orasiga ketma-ket (navbatma-navbat), quyida sanab o’tiladigan tovush ajratgich 
(izoliyatsiyalovchi) to’siqlarni o’rnating va Har qaysi bilan kabinadagi shovqin sathini o’lchang, 
shuningdek asbobni ko’rsatgichini va sub’ektni eshitishi bo’yicha baHolang. Shovqin sathi eshitilishini 
baHolash uchun o’quvchilardan bir kishi operatorni yopiq xonasi (kabinasi) da bo’lishi lozim. To’siqsiz 
va to’siqlar bilan yoki Har xil to’siqlarda asbobni ko’rsatgichlarini farqi orqali shovqin sathini pasayish 
samaradorligini aniqlang. 
To’siqlarni o’rnatishda shunga e’tibor berish kerakki tovush kanallari zich maHkamlansin, ya’ni 
to’siqlar va devorlar orasida bo’shliq (yoriq) qolmasin. 
Operator kabinasi (xonasida) shovqin sathini pasayishiga to’siqlar tayyorlangan materiallarni 
ta’sirini tadqiqot eting. Buning uchun esa bir xil qalinlikdagi (4mm) faneradan, shishadan, kartondan 
to’siqlarni ketma-ket o’rnating va kabina (xona)dagi shovqinni pasayishini o’lchang. 


Shovqin sathini pasayishiga to’siqlar qalinligi ta’sirini tadqiqot eting. Buning uchun esa Har xil 
qalinlikda tayyorlangan (4;8; 12 mm ) fanera to’siqlarni ketma-ket (navbatma-navbat) o’rnating va 
kabinadagi shovqinni pasayishini o’lchang. 
Tovush yutuvchi materiallar, to’siqlar yuzasining samaradorligini baHolang. Buning uchun 
qalinligi 4 mm bo’lgan fanerali to’siqni yuzasiga tovush yutuvchi materiallar qatlami qoplanganida 
(porolon yoki kigiz) tovush sathini pasayishini o’lchang va qoplamasiz to’siqlardagi tovush sathini 
ko’rsatgichlari bilan solishtiring. Tadqiqot qilingan omillardan tovush sathi ko’rsatkichlarini, tovush 
ajratgichlar (izolyatsiya)ga bog`ligi to’g`risida xulosa qiling. Quyidagi kriteriyalar bo’yicha qo’llanilgan 
Har xil to’siqlardan shovqin sathi eshitilishini pasayishiga baHo bering: shovqinni pasayishi sezilmaydi, 
ozgina seziladi, yaxshi seziladi. 
Tadqiqot natijalarini jadval shaklida ko’rsating. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə