1-9 sinflarda gimnastika va akrobatika mashqlarini о‘rgatish



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə11/17
tarix26.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#131257
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
1-9 sinflarda gimnastika va akrobatika mashqlarini о‘rgatish

Qо‘llarda turish. Qо‘llar oldinga – yuqoriga uzatilgan holatdan bajariladi: bir vaqtning о‘zida qо‘llar bilan polga tayangan holda oldinga qadam tashlab, boshqa oyoqni siltab, qо‘llarda turishga chiqiladi, oyoqlarni birlashtirib rostlanadi. Muvozanat saqlab qolinadi.



Himoyalash va yordam: siltanadigan oyoq tomondan turib, bir qо‘l bilan yelka ostidan tutib, boshqa qо‘l bilan siltanadigan oyoqning tizzasidan yuqoriroq qismidan tutib, turishga tо‘g‘ri chiqish tuchun yordam beriladi. Turishni о‘tirish va boshqa holatlardan kuch bilan bajarish mumkin. Asosiy variantni egallab olgach, turishni oyoqlar orasini ochish, bukish bilan murakkablashtirish, shuningdek, turishning boshqa turlarini ham bajarish mumkin: tor, birlashtirilgan, keng va boshqa.
Gimnastik anjomlarda bajariladigan mashqlar
Umumta’lim maktablari о‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash bо‘yicha о‘quv dasturiga kiritilgan, gimnastik anjomlar bilan bajariladigan mashqlar statik va dinamik turlarga bо‘linadi. Birinchisi statik mashqlarni va kuch bilan kо‘chishlarni о‘z ichiga oladi.
Statik mashqlar - bu qо‘zg‘almas holatlar, yahni о‘quvchilar u yoki bu gimnastik anjomlar bilan bajariladigan osilishlar va tayanishlardir.
Kuch bilan kо‘chishlar - bu bir statik holatdan boshqasiga sekin – asta о‘tish, masalan: tortilish, osilishga tushish, osilishdan osilishga kuch bilan engashib о‘tish, osilishdan osilishga orqa tomondan о‘tish, engashib, kuch bilan tayanchga kо‘tarilish va boshqalar.
Dinamik – siltash mashqlari о‘quvchi tanasini doira bо‘lib (aylanishlar) yoki uning qismlarini (siltashlar, kо‘tarishlar, sakrashlar) kо‘chirishdan iborat.
Umumta’lim maktablari о‘quvchilari uchun gimnastika bо‘yicha dasturning о‘quv materiali bu mashqlarning uchta asosiy kichik guruhidan iborat: oldinga siltovchi harakatlar (doira bо‘ylab burilish, engashib osilish sakrash va boshqa).
orqaga siltovchi harakatlar (doira bо‘ylab aylanish, qо‘llarni bukish, kо‘tarilish, yoki sakrash va b.q.);
bukilgan holda harakatlar (bukilgan holda kо‘tarilish, bir qо‘lga tayanib kо‘tarilish; oyoqlar orasini ochib, orqadan ikki qо‘lga tayangan holda kо‘tarilish va boshqa).

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə