1-amaliy mashg’ulot: trаnspоrt-ekspеditsiоn хizmаt ko‘rsаtishning vujudgа kеlish tаriхi reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə14/36
tarix11.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#127185
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Amaliy mashg\'ulot

7.2. Boshqa xizmatlarhaqida
Yuklash-tushirish bo ‘yicha xizmatlar asosan kichik partiyali va konteynerli tashishlarda yuk egalarining cheklangan doirasiga taqdim qilinadi va barqaror ommaviy talabga ega. Bozor munosabatlariga o‘tilishi ulami iqtisodiy nuqtai- nazaridan potensial istiqbolli xizmatlar razryadiga o‘tkazadi.
Transportirovka qilish bo yicha xizmatlar doimiy ravishda taqdim qilinadi, barqaror va ommaviy talabga ega. Makon va zamonda yuklami ko‘chirish zamrligi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar, shuningdek yuklami aynan avtomobil transporti bilan transportirovka qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi mazkur xizmat turiga bo‘lgan doimiy talabni shartlaydi.
Tayyorlash-yakunlash xizmatlari doimiy ravishda taqdim qilinadi, barqaror va ommaviy talabga ega. Tayyorlash-yakunlash xizmatlari yuklami avtomobillarda transportirovka qilish texnologik jarayonining elementi bo‘lib hisoblanishi sababli unga bo‘Igan talab ham xuddi transportirovka qilishga bo‘lgan talab kabi yuqori bo‘ladi.
Omborxona xizmatlari asosan terminallar (yuk avtostansiyalari) orqali kichik partiyali va konteynerli tashishlarda yuk egalarining cheklangan doirasiga taqlim qilinadi. Tashishlarning bu turi uchun talab epizodik va individual bo‘ladi. Mazkur xizmat turini taqdim qilishning cheklanganligi avtomobillarda tashishlarning hozirda amal qilayotgan tashkil qilinishi va avtotransport tashkilotlarida mazkur xizmat turini ko‘rsatish uchun moddiy-texnik bazaning etishmasligi, ko‘pincha esa yo‘qligi bilan bog‘lanadi.
Ekspeditorlik xizmatlar mijozlaming cheklangan doirasiga taqdim qilinadi, barqaror va ommaviy talabga ega. Bozor munosabatlariga o‘tilishi mazkur
xizmatlami doimiy ravishda taqdim qilinadigan xizmatlar razryadiga o‘tkazadi. Yuk egalarini ularga xos bo‘lmagan, tovar-transport hujjatlarini rasmiylashtirish. yukni qo‘riqlash va kuzatib borish, reja-hisob kitob operatsiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalardan to‘liq ozod qilish imkoniyati mazkur xizmat turiga bo‘lgan yuqori talabning sababi bo‘lib hisoblanadi.
Tashkil qilish-vositachilik xizmatlari mijozlaming cheklangan doirasiga taqdim qilinadi, mazkur xizmat turiga bo‘lgan talab epizodik va individual bo‘ladi, asosan shaharlararo va xalqaro tashishlarda temir yo‘l stansiyalari, dengiz va daryo portlariga xizmat ko‘rsatishda taqdim qilinadi. Bozor munosabatlariga o‘tilishi mazkur xizmatlar turini doimiy ravishda taqdim qilinadigan xizmatlar razryadiga o‘tkazadi. Tovarlami har qanday nuqtaga tezkorlik bilan va uzluksiz etkazib berish imkoniyati, transport vositalari, yuklash-tushirish texnikasi va omborxonalarni lizingga va ijaraga olish imkoniyati mazkur xizmat turiga bo‘lgan talabning sababi boTib hisoblanadi.
Konsultatsion-analitik xizmatlar cheklangan tarzda taqdim qilinadi, barqaror va ommaviy talabga ega, bu xizmatlar asosan harakatlanuvchi sostav tipini tanlash, tashishlarning optimal marshrutini hisoblashdan iborat boTadi. Yaqin kelajakda mazkur xizmat turiga bo‘lgan talab ortadi. YUklami etkazib berishning iqtisodiy jihatdan ko‘proq foydali bo‘lgan usulini aniqlash imkoniyati va transport, ekspeditsion, vositachilik va xizmatlar bozorida vaziyatni prognozlashtirish imkoniyati mazkur xizmat turiga bo‘lgan talabning sababi bo‘lib hisoblanadi.
Informatsion xizmatlar amalda barcha mijozlarga taqdim qilinadi, barqaror va ommaviy talabga ega. YUkning egasida yukning qaerda ekanligini aniq bilish va belgilangan manzilga qachon etib borishini bilish istagi va zarurati mazkur xizmat turiga bo‘lgan talabning asosiy sababi bo‘lib hisoblanadi.
Boshqa transport turlarida ham tashishlar va xizmatlarga bo‘lgan talab xuddi shunday sxema bo‘yicha tasvirlanadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, tashkilotning raqobatbardoshlilik darajasini baholashda optimal qiymat sifatida rezerv qiymatini, ya’ni xizmat turidan qat’iy nazar, taklifning talabga nisbatan 20% ga oshiq bo‘lishini qabul qilish mumkin. Agar bu ko‘rsatkich, masalan, transport xizmatlari bo‘yicha katta bo‘lsa, tashish imkoniyatlarining ma’lum bir qismi talab qilinmay qoladi, bu ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlami keltirib chiqaradi. agar bu ko‘rsatkich kichik bo‘lsa - mijozga rad javobi beriladigan holatlarga, ya’ni mijozning boshqa transport korxonasiga ketishiga va tashkilotning daromadni yo‘qotishiga olib keladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə