1-amaliy mashg’ulot: trаnspоrt-ekspеditsiоn хizmаt ko‘rsаtishning vujudgа kеlish tаriхi reja



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə11/36
tarix11.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#127185
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Amaliy mashg\'ulot

6-AMALIY MASHG’ULOT:
Trаnspоrt-ekspеditоrlik хizmаtlаri ko’rsаtishning tаshkiliy vа tехnik tа’minоti


REJA:
6.1. Transport-ekspeditorlik xizmatlarni bajarishga nisbatan qo‘yiladigan asosiy
talablar.
6.2. Trаnspоrt-ekspеditоrlik хizmаtlаri ko’rsаtishning
tаshkiliy vа tехnik tа’minоti.


Tayanch so‘z va iboralar:
Transport, transport-ekspeditorlik xizmati, omborhona, iste’mol bozorlari, konteyner, tashqi savdo, assotsiatsiya, samaradorlik, agent, bojhona.
6.1. Transport-ekspeditorlik xizmatlarni bajarishga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablar.
Transport ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning asosiy vazifasi yuklarni buyurtmachi uchun ko‘proq samarali bo‘lgan bitta yoki bir nechta transport turlarida etkazib berishning optimal variantini qidirish bo‘lib hisoblanadi. Transport tizimining yaxlitligi yuklami jo‘natish punktidan oxirgi iste’mol punktigacha transportning har xil turlarini qo‘llash bilan tashishni tashkil qilish imkonini beradi. Bizning mamlakatimizda bu ko‘proq dolzarb bo‘lib hisoblanadi va territoriyaning kattaligi, tabiiy suv yo‘llarining ko‘pligi, noqulay iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan hududlaming borligi, landshaftning turli-tumanligi va boshqa davlatlar bilan suv va quruqlik orqali o‘tadigan chegaralarning borligi bilan shartlanadi. Aralash tashishda yuklaming katta qismi oxirgi iste’molchiga avtomobil transportidan foydalanish bilan etkazib beriladi.
Keyingi o‘n yilliklarda transportning rivojlanishi sezilarli o‘zgarishlami boshdan kechirdi. Tovarlami etkazib berishning sifatiga nisbatan qo‘yiladigan talablaming ortishi, transportga nisbatan qo‘yiladigan ekologik talablarning qat’iylashishi aralash va kombinatsiyalangan tashishlardan foydalanishni kengaytirishga chaqiradi. Etkazib berish jarayoni murakkablashmoqda, etkazib berish muddatlari va grafiklariga nisbatan qo‘yiladigan talablaming ortishi bilan bir paytda tobora ko‘plab bosqichlar paydo boimoqda. Xalqaro birlashmalar va assotsiatsiyalar transport-ekspeditsion operatsiyalar va xizmatlaming asosiy qoidalari va sifat darajasini shakllantirmoqda, ular ekspeditor spravochnigida keltirilgan.
Ekspeditorlik faoliyati transport jarayonining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi va yuklami tashish bilan bog‘liq bo‘lgan va tashuvchining majburiyatlari doirasidan tashqariga chiqadigan murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan ishlar majmuasini qamrab oladi.
0‘zining Nizomiga muvofiq yoki bevosita tashuvchi, ya’ni transport tashkiloti bo‘lib hisoblanmagan holda ma’lum bir to‘lov evaziga yuklami tashib berishni ta’minlaydigan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ekspeditor bo‘lishi mumkin. Ekspeditor shuningdek yuklarni to‘plash, bojxona ko‘rigidan
o‘tkazish, barcha to‘lovlami amalga oshirish va boshqalar bo‘yicha ekspeditsiya shartnomasini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni ham bajaradi. Ekspeditolming bunday tushunilishiga aralash tashish operatorining ta’rifi ham mos keladi.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə