1-amaliy mashg’ulot: trаnspоrt-ekspеditsiоn хizmаt ko‘rsаtishning vujudgа kеlish tаriхi reja


Transport-ekspeditsiya korxonasining maqsadlari va vazifalarini belgilash



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə8/36
tarix11.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#127185
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Amaliy mashg\'ulot

4.2. Transport-ekspeditsiya korxonasining maqsadlari va vazifalarini belgilash.
Reja tuzish bo‘yicha ishlar transport-ekspeditsiya korxonasining maqsadlari va vazifalarini belgilashdan boshlanadi. Transport-ekspeditsiya korxonasining uzoq muddatli maqsadlari sifatida:

  1. Yaqin 3-5 yil ichida ishning hajmiy va miqdoriy ko‘rsatkichlarining o‘sishi (transport-ekspeditsiya xizmatlarining hajmi, daromadlar, foyda va boshqalar);

  2. Mijozlar doirasining kengayishi, tashishlar va xizmatlaming yangi texnologiyalarining o‘zlashtirilishi hisobiga faoliyat jabhasining kengayishi;

  3. Hududiy transport bozorida ekspeditoming hohlanadigan o‘mi va boshqalar ко‘rib chiqilishi mumkin.

Joriy rejalashtirish jarayonida konkret miqdoriy maqsadlami aniqlash va belgilash ham tavsiya qilinadi. Bunday maqsadlar qatoriga, masalan:

  • bir haftada tashkilot tamonidan yuklami tashishni rad qilishlar soni tashishga berilgan umumiy buyurtmalar sonidan 1% dan oshiq bo‘lmasligi;

  • yuklami etkazib berish bo‘yicha buyurtmalami o‘z vaqtida bajarishlar darajasi 90% dan kam bo‘lmasligi;

  • yo‘lda shikastlangan yuklarning miqdori 0,1% dan oshmasligi;

  • mijozga uning so‘rovnomasi bo‘yicha 2 soat mobaynida yukning qaerda ekanligi to‘g‘risidagi informatsiyani berish;

  • avtomobillarni birinchi yuklash joyiga yuklash uchun etkazib berishning kechikishi 15 minutdan oshmasligi va boshqalar kirishi mumkin.

Maqsadlar aniqlab olingandan keyin transport-ekspeditsiya korxonasining har bir funksional bo‘linmasi oldiga ulami amalga oshirish bo'yicha vazifalar qo‘yilishi lozim (tijorat bo‘limi va texnik xizmatlar, rejalashtirish bo‘limi va buxgalteriya, bo‘linmalar va otryadlar, dispetcherlik punktlari). Vazifalar aniq ifodalangan bo‘lishi va konkret ijrochilar va ulaming bajarilishi uchun javobgar shaxslarga ega bo‘lishi lozim.
Transport-ekspeditsiya korxonasining vazifalari o‘zida alohida tashkiliy, iqtisodiy, texnik, texnologik va ijtimoiy tadbirlaming ro‘yxatini taqdim qiladigan dastur orqali amalga oshiriladi, Unda vazifaning bajarilish muddatlari va bajarish
uchun mas’ul shaxslar, shuningdek talab qilingan hollarda moddiy va molivaviy ta’minot masalalari ko‘rsatiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə