1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/51
tarix25.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#87913
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil

22-
 
BILET 
1.
 
Ismoil Somoniy davlati. 
Somoniylar davlati (875-999) 

Movarounnahr va Xurosondagi o'rta asr davlati. 
Somoniylar davlatining tashkil topishi Arab xalifaligining qulashi hamda 
Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi 


bilan bog'liq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy 
Eronni o'z ichiga olgan. 
Arab xalifasi Horun ar-Rashid vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun va Amin 
o'rtasida taxt uchun bo'lgan kurashda Ma'munga yordam berganliklari uchun 
Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadilar. 
Chunonchi, Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg'ona, Yahyoga Shosh va Ustrushona, 
Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga aka-uka Somoniylar Movarounnahrning har 
yilgi xirojidan juda katta mablag'ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib 
turadilar. 9-asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida o'zgarishlar yuz berib, yurtga 
avval Nuh, so'ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o'z 
nomlaridan chaqa tangalar zarb ettiradilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o'g'li 
Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnahrning barcha viloyatlarini 
birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko'radi. 9-asrning oxirgi 
choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tassarufiga 
o'tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi va kumush dirham zarb 
etadi. Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va Ismoil o'rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. 
Unda Ismoil g'olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o'z 
qo'l ostiga birlashtirdi va mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy 
hududlarga yurish qiladi va 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga 
qaqshatqich zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi Arab 
xalifalariga yoqmas edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni 
to'qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o'z 
ta'sirini qayta tiklashga qaror qiladi. Xalifa Mu'tazid safforiylar hukmdori Amr ibn 
Laysga Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi 
berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900- 
yilda ular o'rtasida urush boshlanib, Ismoilning g'alabasi bilan tugaydi. Butun 
Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Noilojlikda xalifa Ismoilga hukmdorlik 
yorlig'ini yuborishga majbur bo'ladi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va 
Xurosonni o'z qo'l ostida birlashtiradi va Buxoro shahri bu ikki davlatning 
poytaxtiga aylanadi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə