1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/51
tarix25.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#87913
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51
11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil

2.
 
Islomxo‘ja
 minorasi haqida 
ma’lumot
 bering. 
Islomxoʻja madrasasi va minorasi –
Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Ichan
qalʼa markazida joylashgan. Xiva xoni Asfandiyorxonnmt bosh vaziri va qaynotasi
Islomxoʻja qurdirgan (1908—
10). Madrasa (42,8*32,5)ning bosh tarzi ikki qavatli. 
Hovli (23x20) atrofi bir 
qavatli kichik hujralar (jami 42 ta) bilan oʻralgan. Bosh
tarzining hovliga qaragan ikkinchi qavatida ayvon bor. Madrasaning jan.sharqidagi 
masjid gumbazli, mehrobi koshin va ganchkori naqsh bilan bezatilgan. Old 
tomonida Xivadagi eng baland minora (44,6 m) qad 
koʻtargan.
Asosining diametri 
—9,5 m. Yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Koʻk, yashil rangli naqshlar bilan
bel-
bogʻlar ishlangan. Qafasasiga panjaralar oʻrnatilib, yuqorisi muqarnasli sharafa
va qubba bilan yakunlangan. Minora shaharning deyarli 
hamma tomonidan koʻzga
yaqqol tashlanib turadi. I.m. va m.ni qurishda 
meʼmor
Xudoybergan hoji, naqqoshlar 
Eshmuhammad Xudoyberdiyev, Bolta Voisov va b. qatnashgan. 
3.
 
Sharof Rashidov hayoti va faoliyati. 
Sharof Rashidovich Rashidov (6-noyabr (24-
oktabr eski hisob boʻyicha) 1917 –
31- 
oktabr 1983) 

sovet partiya va davlat arbobi, 
oʻzbek
yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat 
Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939
-yildan 
KPSS aʼzosi.
Jizzax ped. texnikumini (1935), Samarqand Davlat Universitetining 
filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gaz.da 
masʼul kotib,
muharrir 
oʻrinbosari
va muharrir (1937

41,1943). Ikkinchi jahon urushi 


qatnashchisi (1941 yil noyabr 

1942). Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti
kotibi (1944
–47), "Kizil Oʻzbekiston" gazeta muharriri (1947–
49), Oʻzbekiston
Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949

50). 
Oʻzbekiston
Oliy Soveti 
Prezidiumi raisi (1950
59). Oʻzbekiston KP
MK 1kotibi (1959 83). KPSS MK 
Siyosiy byurosi (Prezidiumi) 
aʼzoligiga
nomzod (1961

83). 2 marta Mehnat 
Qaxramoni (1974, 1977). 
Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va 1yirik asari 

"Chegarachi" dostoni 
1937 yilda nashr qilindi. Fashizmga qarshi kurash 
tuygʻulari
bilan sugorilgan 
"Qaxrim" 
sheʼrlar
toʻplami
1945 yilda chop etildi. Rashidov davrning muhim 
hisoblangan muammolaridan biri 

qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuida
"Gʻoliblar" qissasini (1953) yozdi. Ikki
nchi jahon urushi yillarida front orqasida 
qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga 
bagʻishlangan
"Boʻrondan
kuchli" 
(1958) va "Qudratli 
toʻlqin"
(1964), 
"Gʻoliblar"
(1972) romanlarini yaratdi. 
Rashidov xalq va mamlakat hayotida 
roʻy
bergan voqealarni davlat va partiya arbobi 
sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan koʻra gʻoyaviylik
tamoyiliga koʻproq eʼtibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan "Kashmir
qoʻshigʻi"
lirik qissasi (1956) Rashidov ijodida alohida 
oʻrin
ni egallaydi. 
Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan 
birga qishloq 
xoʻjaligi
yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik 
vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar 
ha
m yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning
barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar 
qatagʻonida
nohaq qoralandi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə