1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/51
tarix25.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#87913
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil

2.
 
Sherg‘ozixon
 madrasasi. 
Sherg‘ozixon madrasasi —
XVIII asrning birinchi yarmi. Bu madrasa Xorazmdagi 
o‘quv muassasalari orasida eng ko‘hnasidir. Uni Xiva xoni Sherg‘ozixon 1719 yili
Mashhadga 
muvaffaqiyatli safar qilgandan so‘ng ana shu g‘olibona safar sharafiga
qurdirgan. Madrasa binosi bizning davrimizgacha asl holicha to‘la yetib kelmagan.
Yillar mobaynida nurab, yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur madrasa o‘z davrida
yirik bilim o‘chog‘i bo‘lib, unda ko‘plab tolibi ilmlar tahsil olganlar. Jumladan,
turkman xalqining mutasavvif shoiri Maxtumquli ham mana shu bilim dargohida 
ta'lim olgan. 
3.
 
Mohlaroyim 

 Nodira hayoti va ijodi. 
Nodira (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon 

1842, Qoʻqon) —
shoira, 
maʼrifatparvar va davlat arbobi. "Komila" va "Maknuna" taxalluslari bilan ham
sheʼrlar
yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy 

ming qabilasidan
Fargʻona hukmdori Olimxonning togʻasi. Olimxon ukasi Umarxonga Margʻilon
hokimligini beradi va uni 1807-yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda 
sheʼr yozishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida
saroyga taklif etadi. Nodiraning turmush yoʻldoshi Amir Umarxon ham Amiriy
taxallusida ijod qilgan. 1810-
yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon
bilan 
Qoʻqonga
keladi. 1822-yil Umarxonning fojeali vafotidan 
soʻng
oʻgʻli
Maʼdalixon
bilan birga Qo
ʻqon
xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, 
karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842- 
yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi. 
Uning 10000 misraga yaqin asari yetib kelgan. 
Gʻazal,
muxammas, ruboiy, fard kabi 
koʻplab
janrlardan faol foydalangan. 
Sheʼrlarida
Navoiy, Fuzuliy, Bedil 
anʼanalarini
davom ettirgan. Nodira 
gʻazallarida
firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan. 



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə