1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/51
tarix25.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#87913
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil

24-
 
BILET 
1.
 
Xiva xonligining tashkil topishi. 
Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib
olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl
ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar
va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom
etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar 
taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm 
hukmdori deb tan olingan. 
1512 yilga kelib xonlik hokimiyati 
koʻchmanchi
oʻzbeklarning
boshqa 
urugʻi
(shajarasi) rahbari Ilbarsxon 
qoʻliga
oʻtadi.
Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi 
yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda Vazir, 
Qoʻhna
Urganch va Xiva 
shaharlari 
boʻlgan.
Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari 
Mangʻishloq,
Balxan 
togʻlari,
Dehiston, 
Oʻzboy(Uzboy)
va 
Oʻrta
Xuroson hududlari kirgan. Elbarsxon 


(1511

16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar 
oʻtroqlashganlar.
Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi
Eron shimolidagi Saraxs, Orol va 
Mangʻishloqni
egallashgan. Yangi yerlarni 
Elbarsxon 
oʻgʻillari
va ukasi, qarindoshlariga 
boʻlib
berishi natijasida mayda 
hokimliklar paydo 
boʻlgan.
Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz 
oʻzaro
nizolar 
sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrda Xiva xonligini Sulton Hojixon 
(1516), Husaynqulixon (1516), 
Soʻfiyonxon
(1516

22), Bujaqaxon (1522

26), 
Avaneshxon (1526

38), Alixon (1538

47), Akatoyxon (1547

56), Yunusxon 
(1556

57), 
Doʻstxon
(1557

58), Hoji Muhammadxon (1559

1602) lar 
boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari 
oʻrtasidagi
oʻzaro
qirgʻinlaridan
tashqari Buxoro va Xiva xonligi oʻrtasida urushlar azobini ham tortishga majbur
boʻlgan.
Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida 
(1537

38; 1593; 1595

98) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva xonligini 
Buxoroga 
boʻysundirganlar.
Bu urushlar va 16-asrning 70-yillarida Amudaryo 
oʻzanining
oʻzgarib,
Kaspiy dengiziga oqmay 
qoʻyganligi
ham Xorazm 
iqtisodiyotiga salbiy 
taʼsir
koʻrsatgan.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə