1. Bilishning mazmun va mohiyati



Yüklə 144 Kb.
səhifə8/16
tarix11.12.2023
ölçüsü144 Kb.
#144507
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
BILISH NAZARIYASI - ASOSIY MUAMMOLARI VA YO’NALISHLARI

Birinchidan, amaliyot bilish jarayonining maqsad va yo’nalishlarini belgilaydi. Ob’ektiv olamni bilish odamlarning muayyan ehtiyojlarini qondirish maqsadida amalga oshiriladi. SHu tariqa amaliyot bilishning maqsadini belgilab beradi. Har qanday fanning vujudga kelishi amaliyotning u yoki bu talabiga javobdir.
Ikkinchidan, amaliyot bilish jarayonining asosini tashkil etadi. Bu shundan iboratki, bilishning bir-biri bilan uzviy bog’langan bosqichlari — hissiy va aqliy bilish amaliyotga asoslanadi. Hissiy va aqliy bilish jarayonida qo’lga kiritilgan ma’lumotlar amaliyot tufayligina yuzaga keladi. Bilish jarayonining o’zi inson amaliyotining shakli hisoblanadi.
Uchinchidan, amaliyot haqiqatning oliy mezoni hisoblanadi. Insonning olam haqidagi bilimlari, uning amaliy faoliyatida isbotlanadi. Kundalik hayotda inson olam haqida bilimlarini oshiradi, maqsadiga bo’ysundiradi va uning haqiqiyligini tekshiradi. Agar biron narsa haqidagi tasavvur soxta bo’lsa, u holda undan foydalanish mumkinligi to’g’risidagi bizning mulohazalarimiz ham soxta bo’lib qoladi va undan foydalanish yo’lidagi har qanday urinish muqarrar ravishda muvafaqqiyatsizlikka olib keladi.
Odamlarning bilimini amaliyot tasdiqlaydi yoki rad etadi. Amaliyot doim boyib taraqqiy etib turadigan jarayon. Agarda to’plangan bilimning haqiqiyligi mavjud amaliyotda tasdiqlanmasa, u kelajakdagi amaliyot bilan isbotlanishi mumkin. Ob’ektiv dunyoni bilishning o’zi ilgari qayd qilinganidek, ijtimoiy amaliyotdan kelib chiqqan, shuning uchun bilish jarayoni ijtimoiy-tarixiy amaliyot bilan bog’langan va unga suyanadi.
Inson faoliyati, amaliyoti, olam haqidagi to’plangan bilimlarni isbotlab berganliklari haqida ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan, mexanik harakat issiqikka aylanadi, ya’ni ishqalanish natijasida o’t hosil bo’lgan, bu juda qadimiy kashfiyot. Ko’p yillardan keyin esa odamlar issiqliqdan mexanik harakat vujudga keltirish imkoniyatiga amaliyot asosida ega bo’ldilar.
Yana bir misol. Nemis olimi A.Eynshteyn nisbiy nazariyasini yaratadi. Dastavval mazkur nazariya ilmiy bashorat tariqasida qabul qilingan bo’lsa, XX asrning ikkinchi yarmida sayyoralarga kosmik qurilmalarning parvoz etishi natijasida mazkur nazariya o’zining ilmiy isbotiga ega bo’ldi.
Demak, har bir fan inson amaliy ehtiyoji natijasida kelib chiqadi, uning yordamida olamdagi narsa va hodisalar haqida to’plangan bilimlar amaliyot asosida tasdiqlanib haqiqat darajasiga ko’tariladi.

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə