1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti. Qattiq jismlar. Tirik organizmlarda deformatsiya turlari


Biofizika va radiobiologiya quyidagi maqsad va yo’nalishlarga ega



Yüklə 262,71 Kb.
səhifə2/26
tarix13.12.2023
ölçüsü262,71 Kb.
#149189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti-fayllar.org

Biofizika va radiobiologiya quyidagi maqsad va yo’nalishlarga ega: 
- kasallik diagnostikasi va biologik tizimlarni tadqiq qilish
- davolash maqsadida organizmga turli fizik omillar bilan ta’sir qilish;
- tibbiyot va veterinariyada foydalaniladigan materiallarning fizik xossalari; 
- atrof muxitning fizik xossalari va xarakteristikasi; tibbiyot, texnika,
hisoblash mashinalari va matematika.
Davolash sohasida ishlovchilarga fizik-matematik bilimlar yana shuning uchun
zarurki, ular tirik organizmga va unda sodir bo’layotgan jarayonlarga materialistik 
nuqtai nazardan yondoshishga o’rgatadi.
Qattiq jismlar haqida tushuncha.
Moddalar molekulalarining joylashishiga qarab uch xil agregat holatida bo’lishi 
mumkin; qattiq, suyuq va gaz holatlarida. Qattiq jismlarning o’zi ham ikki turga
bo’linadi: kristall va amorf jismlar. Kristall holati anizatropiya, ya’ni fizik 
(mexanik, issiqlik, elektr, optik) xossalarining yo’nalishga bog’liq bo’lishidir.
Kristallar anizatropiyasining sababi ularni tashkil etgan atom va molekulalarning 
tartibli joylashishidir. Odatda kristall jismlarning polikristallari bir-biri bilan
tutashib, tartibsiz joylashgan, ayrim kichkina kristallchalar shaklida uchraydi. Bu 
holda anizatropiya xossasi shu kristallchalar chegarasida kuzatiladi.
Kristallar atom va ionlari bir-biridan bir xil masofada joylashib, panjara hosil 
qiladi va panjara tugunlarida tebranma harakatda bo’ladi. Har bir kristall modda
uchun aniq erish va qotish harorati mavjud bo’lib, grafik usulida quyidagicha 
ifodalash mumkin.

T-harorat, t-vakt, T


e
-erish harorati 


Jism harorati oshishi bilan atom va ionlar tebranma harakati osha boradi va
har bir qattiq jism uchun aniq bir haroratda kristall panjara buzila boshlaydi. 
Tashqi berilayotgan issiqlik energiyasi shu panjarani buzishga sarflanadi. Toki
hamma panjaralar buzilguncha kristall harorati o’zgarmaydi. Bu haroratga erish 
harorati deyiladi. Shunday jismlar borki, ularning na aniq shakli, na aniq erish
nuqtasi bor. Bunday jismlarga amorf jismlar deyiladi. Ular izotrop xossaga ega, 
ya’ni fizik xossalari yo’nalishga bog’liq emas. Amorf jismlarning har qanday
haroratda suyuq qismi ham, qattiq qismi ham bo’lishi mumkin. Bunday jismlarga 
parafin, mum, shisha kiradi. Kristallarda uzoq tartibli joylashuvi o’rinli bo’lsa,
T
e




suyuq va amorf jismlarda atom va molekulalarning yaqin tartibli joylashuvi


o’rinlidir. 

Yüklə 262,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə