1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti. Qattiq jismlar. Tirik organizmlarda deformatsiya turlari


Tibbiyot va veterinariyada tovush usullaridan foydalanish



Yüklə 262,71 Kb.
səhifə9/26
tarix13.12.2023
ölçüsü262,71 Kb.
#149189
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti-fayllar.org

Tibbiyot va veterinariyada tovush usullaridan foydalanish.
Tovush ham yorug’lik kabi ko’plab informasiya manbaidir. Shuning uchun ichki 
organlarning funksiyasi buzulsa, tovush ham o’zgaradi. Kasallik diagnostikasida
tarqalgan tovushiy usul - auskultasiya (bemorni eshitib ko’rish) eramizgacha 
bo’lgan 2 asrdan beri ma’lum. Auskultasiya uchun stetaskop yoki fanendaskopdan
foydalaniladi. Fanendaskopning umumiy tuzilishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan 
Bunda 1 - kovak kapsula, 2 - tovush o’tkazadigan menbrana, 3- quloqqa 

boradigan rezina. Kovak kapsulada havo ustuni rezonanslanadi, buning natijasida


tovushlanish zaryadi va auskultasiya yaxshilanadi. O’pkalar auskultasiyasida nafas 




shovqinlari, kasallik uchun xarakterli bo’lgan xirillashlarni tinglaydilar. Xuddi


shunday Yurak faoliyatini eshitish mumkin. Yana bir tovush usuli - perkussiya - 
tiqqillatib ko’rish. Organizmning turli qismlarini bolg’acha yoki qo’l bilan
tiqqillatib ko’rishda majburiy tebranishlar yuzaga keladi. Bu tovushga perkuter 
tovush deyiladi. Yumshoq joyga (muskul, yog’, teri) urganda qisqa to’lqin hosil
bo’ladi va tez yutiladi. Agar elastik qismiga urilsa rezonans bo’lib, perkuter tovush 
kuchayishi mumkin va u ancha baland tovush hosil qiladi. Agar organizmda
potologik o’zgarishlar bo’lsa tovush o’zgaradi.Hayvonlar tovush chiqarish 
organlari turlichadir. Ular tovushdan ov qilish, aloqa vaositalarida ishlatadi.
Hamma hayvonlarda ham ovoz chiqarish organlari mavjud emas. Shu sababli ovoz 
chiqarish uchun ular boshqa organlardan foydalaniladi (qanotlar, oyoqlar va
hakazo).


Bo’g’in oyoqlilar ishqalanish yoki bir organning ikkinchisiga urilishi,
menbranalar vibrasiyasi (qanotlar), tirqish orqali havo o’tkazish tufayli tovush 
chiqaradi. Ularning akustik spektri murakkab, chastotasi Yuqori (2 k Gs atrofida).
M: pashsha, ari, chibinlar qanotini qoqishi tufayli tovush chiqaradi. 


Baliqlar - Ularning chiqaradigan tovushi asosan tanasining u darajada silliq
bo’lmasligi tufayli suzish vaqtida suv bilan ishkalanishidan paydo bo’ladi. Shu 
bilan birga har bir baliq o’ziga xos tovush chiqaradi. M: stavrida g’ijirlashga
o’xshash tovush chiqarsa, lesh xurrakga o’xshash, dengiz karasi esa tiqqillashga 
o’xshash tovushlar chiqaradi. Baliqlar asosan suzuvchi shishiragi yordamida
tovush chiqaradi. Uning ichida havosi bor. Buni harakatga keltirish uchun baliqlar 
yonboshida joylashgan baraban muskullarini ishga soladi.
Qushlar - ularning tarqatadigan tovushlarining ko’pchiligi tovush 
organlaridan emas, balki qanotlari, tumshuqlari, oyoqlaridan chiqadi. M: turnalar -
tiqqillagan tovushni tumshuqlarini yopish va ochish yordamida chiqaradi. Lekin 
asosiy rolni nafas tovushlari o’ynaydi. Tanglayida 2 ta menbrana mavjud - tashqi
va ichki. Uning ish prinsipi Bernulli qonuniga asoslangan. Havo tez o’tishida ovoz 
chiqaradi. Qushlar asosan 20 Gs - 12 kGs chastotali, ba’zilar esa hatto 30 - 50 kGs
chastotali ultratovushlar chiqarishi mumkin. 



Yüklə 262,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə