1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyaning qasamyodi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

60-modda. Sudyaning qasamyodi 
Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda 
qasamyod qiladi: 
“Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat 
qonunga bo‘ysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek beg‘araz, 
xolis va adolatli bo‘lishga tantanali qasamyod qilaman”. 
Sudya O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i oldida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘i oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladi. 
Sudyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida qasamyod qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlarining sudyalari tegishincha Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi rayosati majlisida qasamyod 
qiladi. 
Ilk bor lavozimga saylangan yoki tayinlangan sudya o‘z vakolatlarini amalga oshirishga 
qasamyod qilganidan keyin kirishadi. 
61-modda. Sudyaning huquqlari 
Sudya quyidagi huquqlarga ega: 
mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z 
farmoyishlarining bajarilishini talab qilish; 
mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
axborotni olish; 
odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat organlarining va 
boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan bepul asosda olish hamda shaxsga doir ma’lumotlar 
mavjud axborot tizimlaridan foydalanish, shu jumladan masofadan turib foydalanish
davlat organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan odil sudlovni 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlarni fuqarolarning yozma roziligisiz 
bepul asosda olish; 
sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirishda va ular faoliyatida ishtirok etish
uyushmalarga birlashish. 
Sudya qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslar sudyaning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan talablari hamda 
farmoyishlarini so‘zsiz bajarishi shart. Sudyaning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda 
belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə