1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-bob. Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

9-bob. Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari 
63-modda. Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash 
Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali ta’minlanadi: 
ularni qonunda belgilangan tartibda lavozimga saylash, tayinlash, sudyalik vakolatlarini 
to‘xtatib turish va tugatish; 
sudyaning daxlsizligi; 
odil sudlovni amalga oshirishdagi qat’iy tartib-taomil; 
qarorlarni chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilishni 
talab etishning taqiqlanishi; 
sudyaga hurmatsizlik qilganlik, odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatga 
aralashganlik va sudyaning daxlsizligini buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlik; 
sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot 
berish. 
Sudyaning mustaqilligini cheklaydigan qonunchilik hujjatlari qabul qilishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Sudya, uning oila a’zolari va ularning mol-mulki davlatning alohida himoyasida bo‘ladi. 
64-modda. Sudyaning daxlsizligi 
Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, u 
foydalanadigan transport vositasi va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va 
hujjatlarga taalluqlidir. 


Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida ularga O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha saqlash, olib yurish va undan 
foydalanish huquqi bilan xizmat quroli hamda shaxsiy himoya vositalari beriladi. Zarur hollarda 
tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar 
ajratadi. 
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 
qo‘zg‘atilishi mumkin. 
Sudya O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa 
olinishi mumkin emas. 
Sudya tegishli sudyalar malaka hay’atining xulosasi olinmasdan ma’muriy javobgarlikka 
tortilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining sudyalar daxlsizligini buzganlik 
va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik faktlari to‘g‘risidagi 
taqdimnomasi prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokuraturasi ko‘rsatilgan faktlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki 
qo‘zg‘atilishi rad etilganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga xabar beradi. 
Sudyani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq 
qilish uchun chaqirishga faqat tegishli sudyalar malaka hay’atining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. 
Sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan o‘ta og‘ir 
jinoyat yoki odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qo‘yilgan 
hollarda qo‘llanilishi mumkin. Mazkur qoida sudya sifatida ishlagan davrida shunday jinoyat sodir 
etganlikda ayblanayotgan sobiq sudyaga nisbatan ham qo‘llaniladi. 
Sudya huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan taqdirda, bu haqda 
ushlab turish uchun asos bo‘lgan hujjatlar ko‘chirma nusxalari ilova qilingan holda O‘zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga u ushlangan paytdan e’tiboran uch soatdan kechiktirmasdan 
xabar qilinishi shart. 
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni 
ko‘zdan kechirish, ularda tintuv o‘tkazish yoki ulardan ashyoni olish, uning telefondagi 
so‘zlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan ko‘zdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek 
uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish yoxud olish 
faqat sudning qaroriga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ruxsati bilan 
amalga oshirilishi mumkin. 
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir. 
Sudda o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining 
barcha kafolatlari tatbiq etiladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə