1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sud raisini, rais o‘rinbosarini lavozimga saylash va tayinlash tartibi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

70-modda. Sud raisini, rais o‘rinbosarini lavozimga saylash va tayinlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining 
birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atining raisi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati tomonidan saylanadi. 
Viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, viloyat, Toshkent 
shahar ma’muriy sudi raisi, rais o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 
taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi raisi, 
rais o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti bilan kelishib olingan xulosasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 
Raisining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan 
saylanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudi raisi, rais o‘rinbosari 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tayinlanadi.
Tumanlararo, tuman, shahar sudi, hududiy harbiy sud raisi, rais o‘rinbosari O‘zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi. 
71-modda. Sudyaning vakolatlari muddati va uni hisoblash tartibi
Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi o‘n yillik muddatga va lavozimda 
bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanadi. 
Sudyaning vakolatlari muddati uning sudyalik lavozimida bo‘lgan umumiy stajidan kelib 
chiqqan holda hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi 
yetmish yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun — oltmish besh yoshni tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi 
o‘zining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan besh yilgacha, boshqa sudlar 
sudyasining yoshi esa O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan xuddi shunday 
besh yilgacha uzaytirilishi mumkin. 
Sudya qonunchilikka muvofiq pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə