1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudning asosiy vazifalari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

4-modda. Sudning asosiy vazifalari 
Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa 
qonunlari, xalqaro shartnomalarida, shuningdek inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda 
kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamoat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda 
yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya 
qilishdan iborat. 
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini 
ta’minlashga qaratilgandir. 


5-modda. Sudyalar korpusini shakllantirish 
Sudyalar korpusini shakllantirish sudyalarning mustaqilligi prinsipiga qat’iy muvofiq holda 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi alohida qonun bilan 
belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qonunchilik tashabbusi 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish 
orqali amalga oshiriladigan qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi. 
7-modda. Sudlarda davlat ramzlari 
Sud binosida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tariladi, sud binosining old 
tomonida va sud majlislari zalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri joylashtiriladi. 
8-modda. Qonuniylik 
O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov qonunga qat’iy muvofiq holda amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə