1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyalarning mustaqilligi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

9-modda. Sudyalarning mustaqilligi 
Sudyalar mustaqildir, faqat qonunga bo‘ysunadi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish 
borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga 
muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalar 
yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 14-
moddasi. 
10-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi 
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda 
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. 
Sud hujjatini ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 232-moddasi, 
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 198
2
-moddasi. 
11-modda. Qonun va sud oldidagi tenglik 
Barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi hamda 
ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar hamda 
tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi. 


12-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi 
Barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga faqat 
qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. 
Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, ommaviy axborot vositalari vakillari sud majlisi 
zalida qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi 
mumkin. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə