1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish 
orqali qabul qilinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
raisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 
qonuniy kuchga kiradi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy nashrlarida e’lon qilinadi. 
24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida bayonnoma yuritiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan 
imzolanadi. 
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan o‘z vakolatlariga 
kiritilgan masalalarni ko‘rib chiqish 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi ko‘rib chiqishi uchun masalalar 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokurori qonunchilikni qo‘llash 
masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan tushuntirishlar berilishi 
haqida takliflar kiritishga haqli.


Masalani ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining yoki buning uchun 
vakolat berilgan boshqa shaxsning ma’ruzasini eshitishdan boshlanadi. Masalaning muhokamasida 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaxslar ishtirok etishi 
mumkin.
Qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirish berilgan qonunchilikni qo‘llayotgan davlat 
organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun 
majburiydir. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə