1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

20-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi raislaridan 
iborat tarkibda ish yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, Bosh prokurori, adliya vaziri, Advokatlar 
palatasi raisi, sudyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat 
kengashi a’zolari ishtirok etishi mumkin. 
21-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini chaqirish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zaruriyatga qarab, lekin to‘rt oyda kamida bir 
marta chaqiriladi. Qonunchilikni qo‘llash masalalariga doir qarorlar loyihalari O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga majlisdan 
yigirma kun ilgari yuboriladi. 
22-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum a’zolarining kamida uchdan ikki qismi 
hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi: 
sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko‘rib chiqadi va qonunchilikni qo‘llash 
masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi; 


qonunchilik tashabbusi tartibida ishlab chiqilgan qonun loyihalarini O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharh berish 
masalalari yuzasidan murojaat kiritish, shuningdek muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 
normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risidagi 
sudlar tashabbusi bilan kiritilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudiga murojaat kiritish haqidagi taqdimnomasini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hay’atlarining tarkibini, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek 
sudlov hay’atlari faoliyati haqidagi ma’ruzalarni eshitadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va 
Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent 
shahar ma’muriy sudlari raislarining qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha 
tushuntirishlari bajarilishi haqidagi ma’ruzalarini eshitadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi apparati rahbarini tasdiqlaydi va uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
apparati faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentlarini tasdiqlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham 
amalga oshirishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan 
qarorlar qabul qiladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə