1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sud ishlari yuritiladigan til



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

13-modda. Sud ishlari yuritiladigan til 
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki 
muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. 
Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tarjimon orqali 
ish materiallari bilan to‘la tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish huquqi va sudda ona tilida yoki 
ular biladigan boshqa tilda so‘zlash huquqi ta’minlanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 
11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 20-moddasi. 
14-modda. Sud himoyasida bo‘lish huquqi 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 
davlat organlari hamda boshqa organlarning har qanday g‘ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor 
shaxslarining xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan), shuningdek hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni hamda 
qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud 
himoyasida bo‘lish huquqiga ega. Yuridik shaxslar ham sud himoyasida bo‘lish huquqiga egadir. 
15-modda. Odil sudlovni amalga oshirishda malakali yuridik yordam
Odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi 
kafolatlanadi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga sud ishlarini yuritishning har 
qanday bosqichida himoyalanish huquqi ta’minlanadi. 
Qonunda belgilangan hollarda davlat bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatilishini 
ta’minlaydi. 
16-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi 
Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning 
qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi. 
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas. 
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini 
kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə