1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

bo‘yicha tuman, shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, 
shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari: 
vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi; 
sud majlislarida raislik qiladi; 
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi
sud raisi yo‘qligida uning vazifasini bajarib turadi. 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, 
shahar sudi, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
5-bob. Harbiy sudlar 
43-modda. Harbiy sudlar tizimi 
O‘zbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi 
va hududiy harbiy sudlardan iboratdir. 
44-modda. Harbiy sudlarning tarkibi 
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqi asosida ish yuritadi hamda rais, 
rais o‘rinbosari, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. 
Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqi asosida ish yuritadi va rais, xalq 
maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. 
45-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar 
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari quyidagi ishlarni ko‘radi: 
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, 
Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining va qonunchilikka muvofiq 
tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek o‘quv yig‘inlarida 
bo‘lgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni;
harbiy qismlar, qo‘shilmalar va birlashmalarning, harbiy boshqaruv organlarining 
qo‘mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da’volari bo‘yicha fuqarolik ishlarini hamda 
harbiy boshqaruv organlari qarorlari, harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq 
va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni
alohida holatlar tufayli sudlar faoliyat ko‘rsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat 
ishlarini;
qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni; 
davlat sirlariga taalluqli ishlarni. 
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonunga muvofiq boshqa ishlarni ham ko‘rishi 
mumkin. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə