1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

3-bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari 
32-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining 
tarkibi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais o‘rinbosarlari 
— fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari raislari, sudyalar, shuningdek xalq 
maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi quyidagi tarkibda ish 
yuritadi: 
rayosat; 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati; 
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati; 
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati. 
33-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining 
vakolatlari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi va apellatsiya instansiyasi sudi sifatida ko‘radi;
tumanlararo, tuman, shahar sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi
sud amaliyoti va sud statistikasini umumlashtiradi, ularning tizimli tahlilini amalga oshiradi; 
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;
sudyalar va sud apparati xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi qonunga muvofiq boshqa 
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
34-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining 
rayosati 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati shu sudning 
sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati majlislari 
zaruriyatga qarab, lekin har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi va rayosat a’zolarining ko‘pchiligi 
hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining qarorlari 
ovoz berishda ishtirok etgan rayosat a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli 
sudning raisi tomonidan imzolanadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə