1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

38-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi 
raisining o‘rinbosari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari: 
tegishli sudlov hay’ati ishini tashkil etadi; 
tegishli sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladi;
sud rayosatiga tegishli sudlov hay’ati faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar taqdim etadi; 
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi. 


Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari 
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari 
yo‘qligida uning vakolatlari ushbu sud raisi tomonidan tegishli sud raisining boshqa o‘rinbosari 
zimmasiga yuklatilishi mumkin. 
4-bob. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi. Jinoyat ishlari bo‘yicha 
tuman, shahar sudi. Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi 
39-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat 
ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining tarkibi 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi rais va sudyalardan iborat 
bo‘ladi. 
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat 
bo‘ladi. 
Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat bo‘ladi. 
Tarkibi olti sudyadan ortiq tumanlararo, tuman, shahar sudida sud raisining o‘rinbosari 
lavozimi joriy etiladi. 
Bir tarkibli tumanlararo, tuman, shahar sudi sud raisidan iborat bo‘ladi. 
40-modda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudining, jinoyat 
ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudining 
vakolatlari 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudi qonun bilan o‘zining 
vakolatlariga kiritilgan fuqarolik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib 
chiqadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar 
to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash 
haqidagi yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi, ayblanuvchini 
lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risidagi yoxud 
ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya 
qilish to‘g‘risidagi, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqidagi, amnistiya aktiga asosan 
mahkumni jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni va qonun bilan o‘zining vakolatlari 
doirasiga kiritilgan boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudi xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi 
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek 
qonun bilan o‘zining vakolatlari doirasiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni 
ko‘rib chiqadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə