1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

31-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, 
o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlarining raislari 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari — sudlov 
hay’atlarining raislari: 
ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish zarurligi haqidagi masalani hal etish 
uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;
ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish to‘g‘risida qonunda nazarda tutilgan 
tartibda protest kiritadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari ishiga rahbarlikni amalga 
oshiradi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hay’atlari faoliyati to‘g‘risidagi 
ma’ruzalarni taqdim etadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlari majlislarida raislik qiladi; 
tegishli quyi sudlar faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi; 
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini 
tahlil qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; 


sudlar tomonidan chiqarilgan, o‘zlari ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran ko‘rish 
to‘g‘risida protest kiritishga haqli bo‘lgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini 
to‘xtatib turadi; 
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil 
etadi; 
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari — sudlov 
hay’atlarining raislari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yo‘qligida uning vakolatlarini raisning birinchi 
o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosar ham yo‘qligida esa rais o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə