1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Tumanlararo ma’muriy sud raisining o‘rinbosari



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

57-modda. Tumanlararo ma’muriy sud raisining o‘rinbosari
Tumanlararo ma’muriy sud raisining o‘rinbosari: 
vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi; 
sud majlislarida raislik qiladi
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi; 
sud raisi yo‘qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi. 
Tumanlararo ma’muriy sud raisining o‘rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham 
amalga oshirishi mumkin. 
8-bob. Sudyalarning maqomi, ularning huquq va majburiyatlari 
58-modda. Sudyalar 
O‘zbekiston Respublikasida sudyalar qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga 
vakolat berilgan shaxslardir. 
O‘zbekiston Respublikasida barcha sudyalar bir xil maqomga ega.
Sudlar raislari, rais o‘rinbosarlari ayni vaqtda sudyalardir. 
Sudyalarga malaka darajalari beriladi. Sudyalarga malaka darajalarini belgilash va berish 
tartibi ushbu Qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda aniqlanadi. 
59-modda. Xalq maslahatchilari 
O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig‘ilishida 
ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 
xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin.
Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan, saylov kunida o‘ttiz besh yoshga to‘lgan, harbiy qismlar 
harbiy xizmatchilarining yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga 
saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sudning xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin. 
Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni sudyalarning tegishli malaka hay’atlari 
tomonidan belgilanadi.


Xalq maslahatchilari odil sudlovni amalga oshirishda sudyaning huquqlaridan foydalanadi. 
Xalq maslahatchilari sudlardagi o‘z vazifalarini bajarishga bir yilda ko‘pi bilan ikki haftaga 
navbatma-navbat chaqiriladi, bundan ularning ishtirokida boshlangan sud ishini ko‘rishni tugallash 
zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo etgan hollar mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi 
o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə