1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/42
tarix08.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#109080
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
O‘RQ-703 28.07.2021

50-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar 
ma’muriy sudi rayosatining vakolatlari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining 
rayosati: 
sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini ko‘rib 
chiqadi; 
sudlov hay’ati faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalarni eshitadi; 
tumanlararo ma’muriy sudlar raislarining qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi 
ma’ruzalarini eshitadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy 
sudining rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
51-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent 
shahar ma’muriy sudining sudlov hay’ati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy 
sudining sudlov hay’ati: 
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya bo‘yicha ko‘radi; 
ishlarni apellatsiya tartibida ko‘radi; 
sud amaliyotini o‘rganadi va umumlashtiradi; 
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi; 
sud statistikasini tahlil qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy 
sudining sudlov hay’ati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 


52-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar 
ma’muriy sudi raisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi 
raisi: 
sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi; 
sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi; 
sud rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni 
tashkil etadi; 
sud majlislarida raislik qiladi; 
quyi turuvchi sudlarning faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashadi; 
sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil 
etadi; 
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini 
yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; 
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning 
murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi; 
sudyalar malaka hay’ati qarorlari, xulosalari ustidan Sudyalar oliy malaka hay’atiga 
taqdimnomalar kiritadi; 
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati 
to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent 
shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi; 
sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning 
faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi; 
sud apparati ishlariga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini 
tuzadi va bekor qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi 
yo‘qligida uning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sudning rais 
o‘rinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi 
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə