1§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati Geografik kashfiyotlarning sabablari


XV—XVII asr larda yevropalik sayyohlar ( asosan



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix15.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#110362
1   2   3
XV—XVII asr
larda yevropalik sayyohlar (
asosan,
portugaliyalik, ispaniyalik) 
tomonidan 
1
Afrika

2
Amerika

3
Osiyo
va 
4
Okeaniya
ga dengiz yo‘llarining 
ochilishi va bu hududlarda yangi yerlarning kashf etilishi tarixda 
Buyuk 
geografik kashfiyotlar
nomini olgan. 
Atlantika okeani
bo‘ylab suzishni 
portugaliyaliklar
boshlab berdi. 
1
Portugaliya
Yevropaning eng g‘arbiy qismida joylashgan

2
Atlantika 
okeani bilan 
chegaradosh 
mamlakat. 
Shu ikki holat
va uzoq 
dengizchilik tajribasi portugaliyaliklarga Buyuk geografik 
kashfiyotlarda 
yetakchilik qilish imkonini
berdi. 


№ Dengizchilar 
Ekspeditsiya natijasi 
 
 
 

 
 
 
Genrix 
“Dengizchi”

 Portugaliyalik
larning geografik kashfiyotlardagi muvaffaqiyatlari 
shahzoda 
Genrix Dengizchi
nomi bilan bog‘liq. Bu jasur dengizchi 
boshlab bergan yangi yerlarni kashf etish va o‘zlashtirish jarayoni 
Portugaliya
ga katta shuhrat va boylik keltirdi.

Portugaliyaliklar 
Afrika qirg‘oqlari
bo‘ylab suzib, 
XV
asrda 
1
Madeyra

2
 Azor
va 
3
 Kanar orollari
ni kashf etdilar. (
M-A-K


Ayni paytda (
XV asr

Afrika
da yangi yerlarning kashf etilishi bu 
qit’aning uzoq yillar yevropaliklar tomonidan talanishi, Afrika 
aholisining qul qilinib, Yevropa va Amerikaga sotilishi jarayonini 
boshlab berdi
.
 
 

 
 
B. Diash

XV asr oxirida
portugaliyalik
Bartolomeu Diash
boshchiligidagi 
ekspeditsiya 
Afrika janubidagi burunni
aylanib o‘tdi va 
Hind 
okeani
ga chiqdi.

Hindiston
ga dengiz yo‘lining ochilishiga umid qilgan dengizchilar bu 
burunga “
Yaxshi Umid”
burni
deb nom berdilar. Garchi ular shu yerdan 
ortga qaytgan bo‘lishsa-da, B. Diashning kashfiyoti Afrikani aylanib 
o‘tib, 
Hindistonga dengiz orqali yo‘l ochish
i
stiqboli
ni
yaratdi.
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
Xristofor 
Kolumb

Portugaliyalik dengiz sayyohlarining muvaffaqiyatlari qo‘shni 
ispan
larda ham bu ishga katta qiziqish uyg‘otdi. 
Yerning dumaloqligi
to‘g‘risidagi
tasavvurdan kelib chiqqan dengiz sayyohi 
Xristofor 
Kolumb
Ispaniya qiroliga Atlantika okeani bo‘ylab g‘arbga qarab suzib, 
dengiz orqali Hindistonga yo‘l ochishni taklif qildi.

Genuyalik
(Italiya) 
X. Kolumb
boshchiligida tashkil qilingan ispan 
ekspeditsiyasi 
uchta tezyurar yelkanli kema(karavella)da
yo‘lga 
chiqib, 
1492-yil 12-oktabrda
Bagama orollari
tarkibiga kiruvchi bir 
orolga yetib keldi va uni 
«San Salvador»
(«Muqaddas xaloskor») deb 
atadi. Shu tariqa 
Amerika qit’asi
kashf etildi.

Shundan so‘ng X. Kolumb yana 
uchta
ekspeditsiya uyushtirib, ular 
davomida 
1
Antil orollari

2
Janubiy va 
3
Markaziy Amerika 
qirg‘oqlarini
kashf etdi. U o‘zi kashf etgan yerlarning Hindiston 
ekanligiga ishonchi komil edi. Shu sababli bu yerlarning aholisini 
hindular
deb atadi. (
Aslida
Amerikaning mahalliy aholisini 
hindular
deb atadi) 
☝ 
X. Kolumb 
Amerikaga
 4 marotaba 
ekspeditsiya uyushtirgan.

Marko Polo
ning kitobidagi Sharq mamlakatlarining afsonaviy 
boyliklari 
200
yildan so’ng 
genuyalik
dengizchi 
Xristofor Kolumb
da 
shunchalik katta taassurot qoldiradiki, u nima bo’lganda ham 
Hindiston
ning boy sohillariga yetishga qaror qiladi

 
 

 
 
Amerigo 
Vespuchchi 
X. Kolumb kashfiyotining mohiyatini anglashda 
italiyalik
sayyoh
 Amerigo 
Vespuchchi
amalga oshirgan sayohat katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U yangi 
ochilgan yerlarga 
XV asr oxiri – XVI asr boshlarida
bir necha marta 
sayohat uyushtirib, ular davomida bu yerlar Hindiston emas, mutlaqo 
“yangi materik”
ekanligini isbotladi. Endi bu yangi materik uning 
sharafiga 
Amerika
deb atala boshlandi. 
 
 

 Portugaliyalik
 Vasko da Gama
boshchiligidagi ekspeditsiya 
1497-yil
Afrikani janub
dan aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. Ular Afrika 



Vasko da 
Gama
qirg‘oqlari bo‘ylab suzib, 
arab
dengizchisi 
Ahmad ibn Majid
yordamida
1498-yili
Hindistonga yetib keldi. Bu yerdan ko‘plab 
mahsulotlarni yuklagan dengizchilar 
1499-yili
Portugaliyaga qaytib 
keldi.

Qariyb 
ikki yil
davom etgan sayohatda ekspeditsiya a’zolarining 
ko‘pchiligi halok bo‘ldi. Ammo shunga qaramasdan, Vasko da Gama 
ekspeditsiyasining muvaffaqiyati Yevropaga 
katta ta’sir
ko‘rsatdi. 
Yevropalik savdogarlar Sharqqa qarab otlandilar. 
Hindiston
dan 
Yevropaga 
1
ziravorlar
va 
2
shirinliklar
olib kelgan savdogarlar juda 
katta foyda ola boshladilar.
Shu tariqa, 
Hindistonga
muntazam dengiz yo‘li
ochildi. 
☝ 
Vasko da Gama 
tashkil etgan ekspeditsiya 
1497-1499
-yillarda bo’lib 
o’tdi. 
 
 
 
 

 
 
 
 
Fernando 
Magellan 

 1519-yili
portugaliyalik
yana bir dengizchi – 
Fernando Magellan
ekspeditsiyasi 
Amerika janubi
dagi bir bo‘g‘ozni aylanib o‘tib 
(
keyinchalik
Magellan bo‘g‘ozi
deb ataldi), notanish va sokin bo‘lgan 
ulkan okeanga chiqdi. Okeanning boshqa paytlarda bo‘ronli bo‘lishini 
bilmagan 
F. Magellan
uni 
Tinch okeani
deb atadi.

 
Okeanda uzoq suzish davomida ochlik va kasallikdan hamda yangi 
ochilgan orollardagi mahalliy aholi bilan bo‘lgan janglarda ekspeditsiya 
a’zolarining ko‘pchiligi, jumladan, 
F. Magellan
halok bo‘ldi. 
Ekspeditsiyaning omon qolgan a’zolari Yer sharini aylanib suzib, 
1522-
yili
o‘zlari jo‘nab ketgan 
Ispaniya
qirg‘oqlariga yetib keldi. Dengiz 
sayyohlaridan juda kam kishi omon qoldi.

F. Magellan
kashf etgan dengiz yo‘li amaliy ahamiyatga ega bo‘lmadi, 
undan uzoq vaqt hech kim foydalanmadi. Ammo bu kashfiyot 
Yerning 
dumaloqligi
ni 
amalda
isbotladi. 
☝ 
F.Magellan
tashkil etgan ekspeditsiya 
1519-1522
-yillarda bo’lib o’tdi. 
 
Tinch okeani havzasidagi geografik kashfiyotlar. 

XVI asrning ikkinchi yarmi – XVII asrning boshlarida
ispan dengizchilari Tinch 
okeani havzasiga bir nechta ekspeditsiyalari davomida, 
1
 Melaneziya

2
 Sulaymon
(Solomon) orollari

3
Janubiy Polineziya
kashf etildi. 
(M-S-J) 

Dengizchilar 
«Janubiy Yer»
– 
Avstraliya
ni izlashda davom etdilar.
 

 
Luis Torres 
1606-yili
ispan
dengizchisi 
Luis Torres
Osiyo bilan Avstraliya 
oralig‘idagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tib, 
yangi qit’a (Avstraliya)
qirg‘oqlariga 
yetdi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə