1. Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari


Prezentatsiyaga murojaat qiling!



Yüklə 293,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix09.05.2023
ölçüsü293,65 Kb.
#109380
1   2   3   4
Prezentatsiyaga murojaat qiling!
3. Lens qoidasi. 
1833-1834-yillarda rus olimi 
E. X. Lens ko`p tajribalar o`tkazgan. U tajribalar 
asosida magnit qutbini g`altakka yaqinlashtirilganda 
g`altakning magnitga yaqin uchida shu qutb bilan 
bir xil qutb hosil bo`lishini (3-a, v rasmlar), 
magnitning 
qutbini 
g`altakdan
uzoqlashtirilganda esa g`altakning magnitga yaqin uchida boshqa simli (qarama-
qarshi) qutb hosil bo`lishini aniqladi (3-b, g rasmlar). Bundan induksion tokning 
magnit maydoni magnitning harakatiga qarshilik qilishi ko`rinadi. 
3-rasm. 


Tajribalar natijalarini umumlashtirib, Lens induksion tok yo`nalishini 
aniqlash qonunini topdi. Bu qonun uning sharafiga Lens qonuni deb atalib, 
quyidagicha ta`riflanadi: 
har doim induksion tokning magnit maydoni tokning o`zini 
yuzaga keltirgan magnit induksiya oqimining o`zgarishiga qarshi ta`sir ko`rsatadi.
O`tkazgichda hosil bo`lgan induksion tokning 
yo`nalishi o`ng qo`l qoidasidan foydalanib aniqlanadi. 
Agar 
o`ng qo`limizni magnit maydonda magnit induksiya 
vektori kaftimizga kiradigan qilib, 90
0
ga kerilgan bosh 
barmog`imizni esa o`tkazgichning harakat yo`nalishini 
ko`rsatadigan qilib tutsak, u holda yozilgan to`rtta 
barmog`imiz induksion tokning yo`nalishini ko`rsatadi

4-rasm).
4. Elektomagnit induksiyaning asosiy qonuni.
Faradey ko`pgina tajribalar 
natijasida elektromagnit induksiyaning asosiy miqdoriy qonunini topdi. Ammo 
hozir biz bu qonunning Maksvell keyinroq bergan boshqacha ta`rifini ko`rib 
chiqamiz. Elektromagnit induksiya E.Yu.K ning paydo bo`lishiga sabab magnit 
oqimning o`zgarishidir. Maksvell hamma hollarda ham elektromagnit induksiya 
E.Yu.K kontur bilan chegaralangan yuz orqali magnit oqimning o`zgarish tezligiga 
proporsional deb topdi, ya`ni 
𝜀 = 𝑓
𝑑Ф
𝑑𝑡
(4.1) 
Bunda, 
𝑓 −
proporsionallik ko`paytuvchisi bo`lib, u birliklarning tanlanishiga 
bog`liq. 
SI birliklar sistemasida E.Yu.K. volt, vaqt esa sekund hisobida o`lchanadi. 
Elektromagnit induksiya qonunidan esa magnit oqim birligi veberni 
aniqlashda foydalaniladi. Bu birlik shunday tanlab olinadiki, 
𝑓
ko`paytuvchi birga 
aylansin.


Induksiya E.Yu.K. ning kattaligi va ishorasini quyidagi formula bilan 
ifodalash mumkin: 
𝜀 = −
𝑑Ф
𝑑𝑡
(4.2) 
Bu formula elektromagnit induksiyaning asosiy qonunini Maksvell bergan 
shaklda ifodalaydi.
Bu formuladagi minus ishora Lens qonuniga mos 
keladi. Buni misolda tushuntiramiz. Normalning musbat
yo`nalishi magnit induksiya yo`nalishi bilan mos 
tushsin (5-rasm). Unda kontur orqali oqimmusbat 
bo`ladi.
Tokning musbat yo`nalishi normal yo`nalishining tanlanishi bilan aniqladi va
5-rasmda punktir bilan ko`rsatilgan. Agar endi magnit maydon ortsa, ya`ni 
𝑑Ф
𝑑𝑡
> 0
bo`lsa, unda (4.2) ga ko`ra 
𝜀 < 0
, binobarin I<0. Bu induksion tokning yo`nalishi 
biz tanlagan musbat yo`nalishga qarama-qarshi demakdir. 

Yüklə 293,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə