1. Elementar zarralar fizikasi. Zarralar klassifikatsiyasi. Adronlar. Adrjnlarning tuzilishi


Elementar zarralarning yemirilishi



Yüklə 200,11 Kb.
səhifə11/11
tarix22.04.2022
ölçüsü200,11 Kb.
#85899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Elemtar zarralar harakatining kvant tabiati. Zarralarining massasi

6.Elementar zarralarning yemirilishi.

Har qanday o’zaro ta’sir uchta kattalik bilan xarakterlanadi. Bu kattaliklar — ta’sir intensivligi, ta’sir radiusi, ya’ni ta’sirlashish masofasi va o’zaro ta’sirlashish vaqtidir. O’zaro ta’sir mexanizmini ham hisobga olgan holda bu kattaliklar jadvalda keltirilgan.



Elementar zarrachalarning fizik xarakteristikasi

Zarracha

Belgisi

Zaryadi

Shartli

zaryadi


Absolyut

massa, kg



Nisbiy

Massa a.m.b.



Elektron

e-

-1,6∙10-19

-1

9,11∙10-31



Proton

p

+1,6∙10-19

+1

1,6726∙10-27

1,007≈1

Neytron

n

0

0

1,6750∙10-27

1,009≈1

Kimyoviy elementning tartib raqamlari ularning yadrosidagi protonlar sonini (Z) koʻrsatadi.

• Yadroning xossasi uning tarkibi (protonlar va neytronlar soni) bilan aniqlanadi.

• Yadroning ikkinchi muhim xossasi massa sonidir. Massa soni (A) atom yadrosidagi protonlar (Z) bilan neytronlar (N) sonining umumiy yigʻindisinini koʻrsatadi:

A=Z+N; A- atom massa, Z-protonlar soni, N-neytronlar soni.

•Z – atomning yadro zaryadi = elementning tartib raqami=protonlar soni=elektronlar soni.

Misol uchun natriy atomining tartib raqami 11, yadro zaryadi +11, yadrodagi protonlar soni 11 ta, yadro atrofidagi elektronlari soni 11 ta. Yoki xromning davriy sistemadagi tartib raqami 24, uning yadro zaryadi +24, yadrosidagi protonlar soni 24 ta, yadro atrofidagi elektronlar soni ham 24 va h.z.

Har qanday kimyoviy elementning atom yadrosidagi neytronlar soni

N=A-Z formula bilan topiladi.

Masalan; Al ning tartib raqami 13 (Z=13), Ar=27 ga teng; Aℓ atomi yadrosidagi neytronlar soni: N=27-13=14 ga teng. Yod atomidagi 127-53=74 ta neytronlar boʻladi.

Al yadrosi tarkibini Al (13p;14n); yadrosi tarkibini esa I(53p; 74n) shaklida ifodalash mumkin.

•Kimyoviy elementlar atomlarining oʻlchami (diametri) 10-10m (10-8sm), yadroning oʻlchami 10-15 m (10-13 sm) ga teng boʻladi.

Turli elementlarning atomlari turlicha massa va oʻlchamga ega boʻladi. Eng kichik atom vodorod atomidir. Uning diametri taxminan 1∙10-8sm (yoki 1∙10-10 m).

Xlor atomining diametri esa ≈1,8 ∙ 10-8sm va h.z. Bunday mayda zarrachalarning kattaligini ifodalash uchun uzunlik birligi angstrem (A0) va nanometr (nm) ishlatiladi:

1A0=10-10m; 1nm=10-9 m .

Kimyoviy element.Kimyoviy elementlar tartib raqami (yadro zaryadi), oksidlanish darajasi,izotop tarkibi kabi kattaliklar bilan xarakterlanadi. Kimyoviviy element-bu tushuncha boʻlib, material zarracha emas, boshqacha qilib aytganda element bu yadro zaryadi bir xil boʻlgan atomlar toʻplamidir.

Yadro zaryadi bir xil boʻlgan va kimyoviy jihatdan birikmagan atomlar turi ya’ni izotoplar majmui (turkumi, toʻplami)-kimyoviy elementdeyiladi. Yadro zaryadi +1 boʻlgan atomlar yigʻindisi vodorod elementini, yadro zaryadi +8 boʻlgan atomlar toʻplami kislorod elementini bildiradi va h.z. Masalan; vodorodning 3 ta izotopi -protiy, (D)-deyteriy va -tritiylar boʻlib, vodorod elementi deganda ana shu izotoplar yigʻindisini tushunamiz. Shuningdek yadro zaryadi +8 ga teng boʻlgan atomlar toʻplami kislorod elementini, yadro zaryadi +17 ga teng boʻlgan atomlar toʻplami xlor elementini, yadro zaryadi +19 ga teng boʻlgan atomlar kaliy elementini hosil qiladi:

Yer qobigʻida massa jihatdan 49,13% kislorod, 26% kremniy, 7,45% alyuminiy, 4,2% temir, 3,25% kalsiy, 2,4% natriy, 2,35% kaliy, 2,35% magniy, 1% vodorod va 1,87% qolgan barcha elementlar bor.

Hozirgi vaqtda 118 ta element ma’lum boʻlib, 89 tasi tabiatda uchraydi. Qolganlari sun’iy yoʻl bilan olinadi.

Elementlarning tabiatda tarqalishi ularning massa soniga, protonlar soniga va izotoplarning barqarorligigabogʻliq.

Ba’zi yengil elementlar masalan, Li, Be, B tabiatda kam tarqalgan.

Yengil elementlar (Li, Be, B) ning kam tarqalganligi ularning proton, neytron va boshqa elementar zarrachalarni qamrashga moyilligi kattaligi bilan tushuntiriladi.

Elementlarning massa soni ortishi bilan ularning tabiatda tarqalishi keskin kamayadi. Ogʻir elementlarning tabiatda kam tarqalishi yadrolarning α-yemirilishi va spontan boʻlinishi bilan tushuntiriladi.

Atom yadrolarida protonlar soni juft boʻlgan elementlarning atomlari tabiatda koʻp tarqalgan. Yer qobigʻida juft tartib raqamiga ega boʻlgan elementlar 86 %, toq tartib raqamiga ega boʻlgan elementlar esa 14 % tarqalgan.

Yer qobigʻida bitta element atomlari orasida juft sondagi neytronlarga ega boʻlgan izotoplari koʻproq tarqalgan boʻladi. Masalan; yer qobigʻida 16O izotopi (8 ta neytroni bor) 99,759%, 17O izotopi ( 9 ta neytroni bor) 0,037%, 18O izotopi (10 ta neytroni bor) 0,204% tarqalgan. Chunki juft sondagi neytronlarga ega boʻlgan yadrolarning elektron qamrashga moyilligi kichik boʻladi.

1.3. Molekula. Ion. Radikal

Moddalar tuzilishiga koʻra 2 ga boʻlinadi:

1) molekulyar tuzilishli; 2) nomolekulyar tuzilishli.

Molekulyar tuzilishli moddalar odatdagi sharoitda gaz, suyuq yoki oson suyuqlanadigan qattiq modda (I2, S8, P4-oq fosfor, fulleren, shakar va shunga oʻxshashlar) holida boʻladi. Barcha gazlar va suyuqliklar (simobdan tashqari) molekulyar tuzilishlidir. Molekulyar tuzilishli moddalarning kristall panjara tugunlarida molekulalar joylashgan boʻlib, bunday tuzilishli moddalarning suyuqlanish va qaynash temperaturalari past boʻladi.

Nomolekulyar tuzilishli moddalarning kristall panjara tugunlarida atom yoki ionlar joylashgan boʻladi. Ular yuqori suyuqlanish temperaturasiga ega boʻlib, odatdagi sharoitda qattiq (Poq, S8,C60 va shunga oʻxshahslardan tashqari) agregat holatda boʻladi.



XULOSA

Kurs ishini quyidagi xulosa bilan yakunlaymiz. 1950 – yilgacha elementlar zarralarning umumiy soni 10 tagacha bo’lgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 1000 ga yaqin bo’lib, ko’plari tezlatgichlar yordamida zarralarni tok tashishi hisobiga vujudga keladi. Ularning asosiy qismi qisqa vaqtdan so’ng parchalanib ketish hususiyatiga ega. Bunday zarralar rezonanslar hisoblanadi. Ularning o’zaro ta’siri 4 xil bo’ladi.

1.Kuchli

2.Elektromagnit

3.Kuchsiz

4.Gravitatsion

Xarakterga ega.

Eng kuchli ta’sir nuklonlar asosida bo’ladi. Elektromagnit o’zaro ta’sir kuchli ta’sirga qaraganda 100 marta kichik ta’sirga ega.

Gravitatsion o’zaro ta’sir mikro va makro jismlar o’rtasida mavjud bo’lib, ularni kattaligi elementar zarrachalar fizikasida hisobga olmasa ham bo’laveradi. Elementar zarralar orasidagi reaksiyalar natijasida ikkilamchi zarralar hosil bo’ladi. Ularning ko’payishi birlamchi zarraning energiyasini ortishi bilan ortib boradi. Lekin bu reaksiyalar 11 ta qonun albatta bajarilishi shart. Agar birortasi bajarilmasa ular orasida reaksiya amalga oshmaydi. Kuchsiz o’zaro ta’sirda k va µ mezonlar ta’sirida bo’ladigan reaksiyalarda juftlikni bajarilmasligi kuzatiladi. Shunday qilib elementar zarralar olamidagi o’zaro zarralar bilan bo’ladigan ta’sirlarda saqlanish qonunlari bajariladi. Shuningdek bu kurs ishida dars ishlanmasi, keyslar to’plami, baholash kriteriyasi ishlab chiqildi. 2011 yili Evropa yadroviy tadqiqotlar markazi olimlari fanda “Xiggs bozon”i deb atalgan o`ta mitti atom tarkibiy qismni kashf etgan. Xiggs bozoni bundan oldin nazariy jihatdan mavjudligi e`lon qilingan, bu narsa jismlarni massa yoki og’irlik bilan ta`minlovchi qism ekanligi aytilgan.

Ilmiy talablarga ko`ra, topilgan mo`jaz qism aynan bozon ekaniga to`liq ishonch hosil qilish uchun chuqur tahlil va yana qo`shimcha tadqiqotlar o`tkazilishi lozim.

Kvarklarning noelementarligi - albatta haqiqatan ham kvarklar yana-da elementarroq zarrachalardan tarkib topgan bo‘lsa; 2017: Supersimmetriya agarda buning uchun 3 TeV atrofidagi energiya kerak bo‘lsa; 2019: Bozon Z1 (Z - shtrix) - agarda bu paytda noma'lum bo‘lgan beshinchi o‘zaro ta'sir mavjud bo‘lsa va 6 TeV atrofidagi energiyalarda o‘zini namoyon etadigan bo‘lsa; ushbu o‘zaro ta'sirni tashuvchi zarracha xuddi kuchsiz ta'sirlarda tashuvchilik qiluvchi Z- bozon sifatida shartli ravishda Z-shtrix deb nomlangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1.T.M.Mo’minov vaboshqalar. Atom yadrosi va zarralarfizikasi. Toshkent, “O’zbekistonfaylasuflari, jamiyati”, 2009.

2. Okun L.B, Fizika elementarnnx chastits. M.1985

2. Muxin K.I. Fizika elementarnk chastits. T.2, M.1985.

3. Fizika mikromira. Malenkaya ensiklopediya. M.1980.

4. Naumov A.I. Fizika atomnogo yadra i elementarnnx chastits M.1984.

5. Xuang K. Kvarki, lepton i kalibrovochnыe polya. M. 1985

6. Bogolyubov N.I., SHirokov D.V. Kvantovыe polya. M.1980.



14.R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyalar. -T.: “Nihol”, 2013.
Internet ma`lumotlari.

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.edu.uz

  3. www.uzedu.uz

  4. www.pedagog.uz

Yüklə 200,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə