1. Gruntlarning granulometrik tarkibi Gruntlarning fizik-mexanik xossalari



Yüklə 37,09 Kb.
səhifə7/11
tarix30.12.2023
ölçüsü37,09 Kb.
#165882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8. Mavzu Gruntlarning tarkibi, klassifikatsiyasi va aniqlash us-hozir.org

Gruntlarning eruvchanligi. Gruntlaming eruvchanligi deb, ulaming tarkibiy qismini tabiiy suv va boshqaeritmalar ta’sirida eritmaga o’tish qobiliyatiga aytiladi. Erish jarayonida elektr maydoniga va issiqlik harakatiga ega bo’lgan suv va boshqa eritmalar minerallarning kristallik panjarasini buzadi. Bunda kristallik panjara ionlari suvga o’tadi va suvli eritmalami hosil qiladi. Grunt tarkibidagi moddalaming bir qismini eritish va olib chiqib ketish natijasida jins massivida turli kattalikdagi bo’shliqlar hosil bo’ladi.
Gruntlaming hamma turlari, uning tarkibi va strukturasidan qat’iy nazar, turli darajada eriydi. Lekin ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan karbonatli (ohaktosh, bo’r, dolomit, mergel,) sulfatli (gips, angidrit), galoidli (galit, silvin, vilvinit, karnallit) jinslar va tarkibida galit, gips, kalsiy (tuzli, gilli va lyossimon) minerallari bo’lgan tog’ jinslarini o’rganish katta ahamiyatga egadir.
Gruntning tabiiy qiyalik burchagi - qazilayotgan chuqur balandligi N ning qiyalikning gorizontal proektsiyasi v ga nisbati bilan o’lchanadi:

bu yerda; m - qiyalik koeffitsienti;




Gruntning bo’shash koeffitsienti -(birlamchi bo’shash Kb va qoldiq bo’shash Kqb). Tabiiy zich holda turgan 1 m3 grunt qazib olganda uning xajmi grunt turiga qarab 1,1…1,4 m3 gacha ortadi. Buni birlamchi bo’shash koeffitsienti deyiladi. Kavlangan tuproq qayta to’qilib, zichlangandan so’ng ham oldingi 1 m3 holiga qaytmaydi, balki 1,03…1,1 m3 atrofida qoladi, bu esa qoldiq bo’shash deyiladi. Bu koeffitsentlarni yer ishlarini bajarayotganizda hisobga olishimiz zarur.
Qurilishda gruntlar o’zining ishlashga ketgan mehnatning ko’p yoki ozligiga qarab 4 sinfga; I, II, III, IV bo’linadi. I grunt eng yumshoq va kam mehnat talab qiladi, IV sinfi esa eng qattiq va ko’p mehnat talab qiladi.
Tarkibiga ko’ra lyoss yoki lyossimon gruntlar qumoq tuproq, sog’ tuproq yoki gil tuproq guruhlariga kirishi mumkin. Ularning tarkibi deyarli bir jinsli bo’lib, 50...80 % massasini changsimon zarrachalar (0,005...0,05 mm) tashkil etadi. Lyosslar tarkibida shuningdek, gumus, ohak, gips va boshqa suvda oson eriydigan tuzlar ham mavjud bo’ladi.
Lyossli gruntlarning o’ziga xos tomonlaridan biri, ularning tuzilishida vertikal yo’nalishda joylashgan va ko’z ilg’aydigan yirik tutash g’ovaklarning mavjudligidir. G’ovaklarning joylashuvi suv sizishining asosan vertikal yo’nalishda sodir bo’lishiga sabab bo’ladi. Lyossli gruntning qattiq zarrachalari o’zaro kuchsiz bog’langanligi uchun, suv ta‘sirida bog’lanish kuchlari keskin kamayib, katta miqdordagi cho’kish hodisasi ruy beradi. Shu sababli, lyosslar o’ta cho’kuvchan gruntlar turiga kiradi.


Yüklə 37,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə