1. Gruntlarning granulometrik tarkibi Gruntlarning fizik-mexanik xossalari


Gruntlarning uzilishga bo'lgan qarshiligi



Yüklə 37,09 Kb.
səhifə10/11
tarix30.12.2023
ölçüsü37,09 Kb.
#165882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8. Mavzu Gruntlarning tarkibi, klassifikatsiyasi va aniqlash us-hozir.org

Gruntlarning uzilishga bo'lgan qarshiligi. Gruntlar gravitatsion kuchlar, suvning gorizontal bosimi, issiqlik ta’sirida notekis siqilishi va kengayishi natijasida paydo bo'ladigan cho’zish (tortish) kuchlari ta’siridan uzilishi mumkin. Cho'zish kuchlarining ta’siri ostida grunt­larda xarakterli yoriqlar hosil bo'ladi va ular uziladi. Uzilish mustahkamligi, asosan, qoyatosh jinslar uchun aniqlanadi. Bu xususiyat nishablaming qiyaligini aniqlash, katta bosimli tonnellarda radial deformatsiyani aniqlash uchun yordam beradi
Gruntlarning surilishga qarshiligi. Bu gruntlaming katta ahamiyat- ga ega bo'lgan xususiyatlaridan hisoblanadi. Gruntlaming ayrim qism- larida. ma lum tashqi bosim ta’sirida zarralar orasidagi bog'lanish buzi- ladi va zarralar bir-birlariga nisbatan suriladi, grunt shu bosim ostida katta miqdorda deformatsiyalanish xususiyatiga ega bo'ladi.
Grunt massivining buzilishi, massiv bir qismini ikkinchi qismiga nisbatan o‘z joyini o'zgartirishi ko'rinishida sodir bo'ladi (qiyalik- ning surilishi, inshoot asosidan gruntning siqib chiqarilishi va boshqalar).
Gruntlarning mineral tarkibi va tuzilishining, ularning fizik-mexanik xususiyatlariga ta’siri
Tog1 jinslarini injener-geologik maqsadlarda oTganish uchun ularning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi va xususiyatlariga ta'sir ko'rsatuvchi minerallaming miqdorini aniqlash kerak bo'ladi. Bu jihat- dan jins hosil qiluvchi birlamchi silikatlar (kvars, dala shpati, olivin, piroksen va amfibollar), oddiy tuzlar (karbonatlar, sulfatlar, galoidlar) gil minerallarini (gidroslyudalar, montmorillonit, kaolinit va boshqalar) oTganish katta ahamiyatga ega. Minerallardan tashqari tog1 jinslari va tuproqlarda turli miqdorda organik moddalar bo’lishi mumkin.
Minerallaming xossalari ularning kimyoviy tarkibi, ichki tuzilishi va mineral tarkibidagi atom hamda ionlar orasidagi bogTanishga bog'liq. Minerallaming xossalari. o'z navbatida, tog1 jinslarining injener-geologik xususiyatlarini belgilab beradi. Atomlar orasidagi kimyoviy bog'lanish tabiati va kristall panjarasining stmkturaviy turi, ko'pgina minerallaming siqiluvchanligiga bog'liq. Mineral tarkibidagi atomlaming joylanish dara- jasining ortishi siqiluvchanlikning kamayishiga olib keladi.
Oddiy tuzlarning ahamiyatli injener-geologik xususiyatlariga mine- rallar panjarasidagi ion turidagi bog'lanish bilan bog'liq bo'lgan eruv- chanlik kiradi. Bu turdagi bog'lanishda, agar ionlaming gidratatsiya energiyasi panjara energiyasidan katta bo'lsa, kristallar erishi mumkin.Dispers gmntlaming injener-geologik xususiyatlariga gil minerallari katta ta’sir ko'rsatadi. Tabiiy sharoitda gil minerallari zarrasining kat- taligi 1-10 m.km dan katta bo'lmaydi.Gil minerallari dispers tog1 jinslarining faol tarkibiy qismi hisoblanib, ulaming injener-geologik xususiyatlarini o‘zgartiradi. Shu sababli tarkibida ozgina gil minerallarining mavjudligi jinslaming asosiy xususiyatlari — gidrofilligi, mustahkamligi, egiluvchanligi, suv o'tka- zuvchanligi, ko'pchishi (shishishi) va boshqa xususiyatlariga katta ta’sir o‘tkazadi.Odatda, gilli tog' jinslarining injener-geologik xususiyatlariga ularda ko‘p uchraydigan gidroslyuda, montmorillonit va kaolinit mineral­lari ta’sir ko‘rsatadi.
Organik moddalar yer po'stida o'simlik va organizmlaming hayot faoliyati va chirishi natijasida to'planadi. Tog1 jinslari tarkibida chiri- magan o‘simlik qoldiqlari va mikroorganizmlar hamda butunlay chiri- gan moddalar — gumuslar keng tarqalgan bo'ladi.Organik moddalaming tog1 jinslari va tuproqlarda gumus holatida mavjudligi, doimo ulaming dispersligini (zarralarining katta-kichikligi- ni) oshiradi va zichligini belgilab beradi.

Yüklə 37,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə