1. Integratsiya haqida umumiy tushuncha. Boshlangʻich ta’lim integratsiyasi kursining maqsad va vazifalari


Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi



Yüklə 62,96 Kb.
səhifə3/32
tarix31.05.2022
ölçüsü62,96 Kb.
#88471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Boshlangʻich maktabda integratsiyalashgan t1

Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi:
birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bogʻliqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon.
ikkinchidan, tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. 60-yillarda oʻqitish jarayonini faollashtirish, uni ilmiy-nazariy jihatdan rivojlantirish nuqtai nazaridan yondashgan holda oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash sohasidagi harakatlar kuchaydi.
Oʻquv fanlariaro aloqadorlikning turli jihatlari oʻrganildi:
chunonchi, bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish samaradorligini oshirish didaktik vosita;
oʻquvchilarning oʻquv faoliyatida idrok etish faolliklarini rivojlantirish, ularning idrok etish qobiliyatlarini shakllantirish sharti sifatida; oʻqitishda oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashda ilmiylik tamoyiliga amal qilish hamda oʻqitish jarayonida fanlararo aloqadorlikni birgina oʻquv fani doirasida ta’minlash mumkin emasligi asoslab berilgan.
70-yillarda didaktikada oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash muammosiga jiddiy e’tibor qaratildi. Ushbu muammolar tahlili asosida oʻquv fanlariaro aloqadorlikning metodologik yoʻnalishlari belgilab berildi. Ayniqsa, V.N.Fedorova rahbarligida amalga oshirilgan tadqiqotlar fanlararo aloqadorlikning nazariy asoslarini bayon etganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashning didaktik jihatlari faqatgina muayyan oʻquv fanlari mazmunida turli bilim va tushunchalarni ifodalash bilan cheklanib qolmaydi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashga oid pedagogik tadqiqotlarda uni mustaqil tadqiqot yoʻnalishi sifatida mujassam rivojlanayotgan shaxsga nisbatan pedagogik ta’sir koʻrsatish imkoniyati sifatida qarash lozim.
Hozirgi kunda boshlangʻich maktab ta’limini integratsiya qilish haqida koʻp gapirilyapti.
Bu- tushuncha kichik maktab oʻquvchisi atrofdagi olamni bir butunligicha qabul qiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa oʻquv predmetlarini nomi emas, balki atrofdagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligi mavjuddir. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bogʻliqligini koʻrishga oʻrgatish kerakligini oʻqituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabimi? Bu savol qanday yechilishi kerak, uning mohiyati nimada?

Yüklə 62,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə