1-Ma’ruza. Fitopreparatlar texnologiyasi fani, O’rganish ob’ekti va usullari. Fitopreparatlar tasnifi va ularning tavsifi



Yüklə 274,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix03.02.2023
ölçüsü274,97 Kb.
#100065
  1   2   3   4
1 (2)



1-Ma’ruza. FITOPREPARATLAR TEXNOLOGIYASI FANI, 
O’RGANISH OB’EKTI VA USULLARI. FITOPREPARATLAR TASNIFI 
VA ULARNING TAVSIFI

 
 
Reja: 
1. Dorivor o’simliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash 
uchun mavjud me’yoriy xujjatlar.
2. Fitopreparatlar texnologiyasi fani, maqsadi va vazifalari 
3. Fanni rivojlanishtirish istiqbollari boshqa fanlar bilan bog’likligi 
4.Dorivor o’simliklar asosida olinadigan dori vositalari-fitopreparatlar ta’rifi, 
tavsifi, nomenklaturasi. 
5.Fitopreparatlarni ishlab chiqish texnologiyasining o’ziga xos tomonlari.
6. Fitopreparatlar ishlab chiqarishning tarixi 
7. Fitopreparatlar ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari 
8. Fitopreparatlarni zamonaviy tibbiyot amaliyotida qo’llanilish 
Mahalliy floraga mansub 4300dan ortiq o’simliklarning 750 turi dorivor 
hisoblanib, ulardan 112 turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro’yxatga olingan, 
Shundan 70 turi farmatsevtika sanoatida faol qo’llanib kelinmoqda. 2019 yilda 48 
mln AQSH dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor o’simliklardan olingan 
mahsulotlar eksport qilingan. 
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti an’anaviy tibbiyotning asosiy tarkibiy 
qismlarini quyidagicha aniqlaydi: o’simlik dori darmonlari va boshqa tabiiy 
vositalar bilan davolash; akupunktur va manual terapiya. Sog’liqni saqlash 
tizimidagi an’anaviy tibbiyot allaqachon dunyoning bir qator mamlakatlarida, 
ayniqsa Osiyo mamlakatlarida muhim rol o’ynaydi.
Fitopreparatlar texnologiyasi fanining o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadi 
quyidagilardan iborat: 
1. Fitopreparatlar yaratish uchun zarur bo’lgan biologik faol moddalar 
xamda dori turlari tayyorlashmanbai sifatida dorivor o’simliklarni o’rganish. Shu 
maqsadda ularning kimyoviy tarkibi tekshiriladi, xamda asosiy ta’sir etuvchi 
biologik faol moddalarning yig’iladigan organlari va vaqti aniqlanadi. 
2. O’simlik xom ashyolaridan biolgik faol moddalarni ajratib olish va 
tozalash usullarini ishlab chiqarishxamda ularning texnologiyalarini yaratish. 
3. Dorivor maxsulotlarga normativ-texnik xujjatlarni (NTX) tuzish. Buning 
uchun dorivor maxsulotlarning chinligini, sifatli xamda biolgik faol moddalarini 
aniqlash usullarini mukammallashtirish, qayta ko’rib chiqish yoki yangi usullar 
yaratish. 
4. Fitopreparatlar va dorivor o’simliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi 
dorivor o’simliklar izlab topish va yangi, samarali fitopreparatlar yaratish. Shu 
maqsadda xalq orasida va an’anaviy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o’simliklarni 


xamda tibbiyotda ishlatiladigan dorivor o’simliklarning boshqa turlarini 
o’rganishni tashkil qilish. 
Xalq tabobatimizda Abu Ali ibn Sino davriga borib taqaladigan chuqur 
dunyoviy ildizlar mavjud. Bugungi kunda Respublikamizda xalq tabobati tizimi 
qonuniylashtirilgan.Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2020 yil 10 aprelda qabul qilingan “Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni 
muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan 
oqilona foydalanish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori juda dolzarbdir. 
Ushbu Qarorda dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlashni yanada 
rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini oShirish, Shuningdek, Ushbu sohada 
ta’lim, fan va ishlab chiqarishjarayonlarini birlashtirish zarurati belgilab qo’yilgan. 
2020 yil 1 maydan boShlab dorivor o’simliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi 
yoki chuqur qayta ishlash uchun klasterlar yaratish, Shuningdek, dorivor 
o’simliklarni yetishtirish bo’yicha hududlarni ixtisoslashtirish ishlari belgilab 
berilgan. 
Davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoev tomonidan taklif etilgan klaster tizimi 
o’zining hozirgi globallashuv davrida va bozor iqtisodiyoti talablari asosida, har bir 
imkoniyatdan to’liq va samarali foydalanib jahon bozoriga raqobatbardoSh 
mahsulotlarni yetkazib berish agrar sektorda, jumladan paxtani yetishtirishdan to 
uni kompleks qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida yengil sanoat mahsulotlari, 
oziq ovqat sanoati mahsulotlari (paxta yog’i va undan tayyorlanadigan 
mahsulotlar) hamda chorvachilik uchun ozuqa (har xil yemlar, premikslar) ishlab 
chiqarishimkoniyatlarini keskin oShirib, agrar sohada yangi tizim klaster tizimi 
yaratilganini e’tirof etish kerak. Qarorda qo’yilgan vazifalar tashkil etilayotgan 
klasterlar oldiga dorivor o’simliklarni yetishtirish, saqlash, dastlabki va chuqur 
qayta ishlash hisobiga turli xil xalq tabobatida, sog’liqni saqlash tizimida 
ishlatiladigan dori preparatlarini yaratish, ishlab chiqarishva importdan kirib 
kelayotgan Shu yo’nalishdagi preparatlarni o’rnini ma’lum hajmda egallash va 
eksport qilishimkoniyatini yaratadi. Qarorda Shu yilning 1 iyunidan tayyor 
mahsulotni sotish bo’yicha klasterlar oldiga qo’yilgan vazifalar “Dorivor 
o’simliklar” deb nomlangan yangi sanoat yo’nalishini yaratadi.
2020 yil 1 iyundan boShlab tibbiy muassasalarda, jumladan, oilaviy 
poliklinikalar va qishloqlar (ovullar) tibbiy markazlarida fito-barlar, barcha vazirlik 
va idoralarda, “Islom Karimov” nomidagi xalqaro va mahalliy aeroportlarda, 
barcha turdagi avtovokzallarda, temir yo’l stantsiyalarida, bozorlarda, sanatoriya 
muassasalari va barcha gavjum joylarda fitobarlar yaratiladi. Bugungi kunda 
fitobarlarni yaratish foydali innovatsion g’oyaga aylanib, aholining barcha 
qatlamlariga xalq tabobatining an’anaviy mahsulotlaridan samarali foydalanish 
imkonini beradi (choy, kokteyl, damlama va boShqalar), Shuningdek boShlang’ich 
kapitalning nisbatan kam sarmoyasi bilan yaxShi biznes manbai bo’lib xizmat 
qiladi. 
Hozirgi davrda dorivor o’simliklarni yetishtirishdan to undan olingan 
mahsulotlarni bozorga yetkazib berish va ulardan xalqimiz salomatligini saqlashda 
xalq tabobati mahsulotlari hamda tabiiy dorivor preparatlardan foydalanish 
imkoniyatlarini kengaytiradi.


Farmonda Fanlar Akademiyasining institutlariga dorivor o’simliklarni 
yetishtirishning ilmiy asoslarini, o’simlik materiallarini chuqur qayta ishlash 
texnologiyalarini ishlab chiqish, Shuningdek tabiatni muhofaza qilishqo’mitasi 
bilan birgalikda bioxilmaxillikni o’rganish va yo’qolib borayotgan yovvoyi dorivor 
o’simliklarni himoya qilishni kuchaytirish, Shuningdek tabiiy plantatsiyalarni 
qurish orqali ularni tiklash bo’yicha vazifalar yuklatilgan. O’simlikShunoslik 
ilmiy-tadqiqot institutiga dorivor o’simliklarni yetishtirish, selektsiya va 
urug’chilik sohasida tadqiqotlar o’tkazish va agrokimyoviy kartogrammalarni 
ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Dorivor o’simliklarni yetishtirish, himoya 
qilishva ulardan oqilona foydalanish ko’p mutaxassislarni, jumladan botaniklar, 
farmakologlar, kimyogarlar, biokimyogarlar, texnologlar, manbashunoslar va 
boshqa mutaxassislarni hamkorlikda ishlashni talab qiladi. Mutaxassislarni 
so’zlariga ko’ra, o’simlik dunyosini himoya qilishuchun uni har tomonlama – 
strukturaviy, funktsional, taksonomik va evolyutsion bilish kerak. 
Dorivor o’simliklarning genofondini saqlab qolish va ko’paytirish 
usullaridan 
biri 
bu 
ularni 
madaniylashtirishdir. 
Introduktsiya 
jarayoni 
(madaniylashtirish) juda murakkab, uzoq va ko’plab omillarga bog’liq, ya’ni: 
o’simliklarning kelib chiqishi, ularning ekologik tabiati, tabiiy o’sish joylarining 
iqlim va jug’rofiy Sharoiti va kirib borish maydoni va boShqalar. Tabiatda yovvoyi 
holda o’sadigan Shifobaxsh o’simliklarni madaniylashtirish qimmatbaho yuqori 
mahsuldor turlari va navlarini olish maqsadida ko’paytirishning keng qamrovini 
o’z ichiga oladi. 
O’simliklarning tabiiy genofondini saqlab qolishning dolzarb vazifasi – bu 
ma’lum bir turning qaytarib bo’lmaydigan darajada yo’qolib ketishining oldini 
olish uchun gen banklarini yaratish, ya’ni ma’lum Sharoitlarda yovvoyi 
o’simliklarning urug’lik zaxiralarini saqlashdan iboratdir. Bu ham qarorda 
ko’rsatib o’tilgan. Gen banklarini yaratish urug’larni saqlashning barcha 
masalalarini puxta o’rganishni nazarda tutadi. 
Shifobaxsh o’simliklarning tabiiy zaxiralarini himoya qilishva ulardan 
oqilona foydalanishning o’simliklarni tabiiy o’sish joyidan qayta ishlash joyiga, 
ya’ni fitopreparatlarni tayerlash joyiga o’tkazish bosqichidir. Avvalo, o’simliklarni 
to’g’ri yig’ish va quritishga taaluqlidir. Xom–ashyoni yig’ishda nafaqat turlarning 
tarqalishi, zaxiralari va mahsuldorligi, balki o’rim-yig’imdan keyin o’simliklarning 
tabiiy holatini tiklash qobiliyatini ham bilish kerak. Ushbu xususiyatlar to’g’risida 
ma’lumotlarning yetishmasligi va eng muhimi, yig’im-terim ishlarining yomon 
tashkil etilishi, ko’pincha bir necha yillik ishdan so’ng, avvalgi dorivor o’simliklar 
o’sadigan xududlar sezilarli yoki to’liq qurib ketishiga olib keladi. Bu 
muammolarni tizimli hal qilishqarorda o’z aksini topgan. 
Dorivor o’simliklar asosida olinadigan fitopreparatlarning tarkibini tanlash 
asoslari, tayyorlashdagi o’ziga xom omillarni hisobga olishni o’rgatish muhim 
masaladir. Ular sifatini jahon talablariga mos ekanligini asoslashda talabalarni 
olgan bilimlari Shubhasiz ko’mak beradi va zamonaviy tibbiyotda samarali 
qo’llanilib kelayotgan fitopreparatlar tarkibi va tayyorlanish usullarini mukammal 
egallashga asos bo’lib xizmat qiladi. Mazkur fan dorivor o’simliklardan olinadigan 
suvli, spirtli ajratmalar, galen va novogalen preparatlari, biologik faol 


qo’Shimchalar, gomeopatik va aromaterapiya vositalarini tayyorlashusullarini 
o’rgatishni o’z ichiga oladi. 

Yüklə 274,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə