1-Ma’ruza. Fitopreparatlar texnologiyasi fani, O’rganish ob’ekti va usullari. Fitopreparatlar tasnifi va ularning tavsifi


FITOPREPARATLAR ISHLAB CHIQARISHNING TARIXI VA ASOSIY



Yüklə 274,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix03.02.2023
ölçüsü274,97 Kb.
#100065
1   2   3   4
1 (2)

FITOPREPARATLAR ISHLAB CHIQARISHNING TARIXI VA ASOSIY 
BOSQICHLARI
Turli farmakologik guruhlarga mansub bo’lgan sintetik dori vositalarining 
katta miqdorda ishlab chiqarilishiga qaramasdan dorivor o’simliklar va 
fitopreparatlarni zamonaviy tibbiyot amaliyotida qo’llanilish ko’lami kengayib 
bormoqda. 
Buning asosida ularning zararsiz holda organizmda modda almashinuvida 
ishtirok etishi va sintetik preparatlarga nisbatan nojo’ya taьsiri nisbatan kamligi 
kabi birqator afzalliklar yotadi. 
Dorivor o’simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma’lum bo’lgan. 
O’simliklardan nafaqat oziq-ovqat,balkim biologik faol moddalar manbai sifatida 
keng foydalanganlar. Dorivor o’simliklardan Shumer tsivilizatsiyasida 5000 yil 
avval davolash maqsadlarida qo’llanganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Dorivor 
o’simliklar uzoq tarixiy davrlar mobaynida dorivor vositalarning yagona manbai 
bo’lib xizmat qilgan.
Qadimdan insoniyat o’simliklardan Shifobaxsh vosita 
sifatida foydalanib keladi. Dorivor o’simliklar to’g’risidagi ma’lumotlar avloddan-
avlodga, qabiladan-qabilaga faqat og’zaki tarqalgan. 
Davlatlar o’rtasida 
savdo-sotiq va boshqa munosabatlar o’rnatilgandan so’ng, yana Shu davlatlarda 
boshqa davlatlardan keltirilgan dorivor o’simliklar xisobiga dorivor o’simliklar 
maxsulotining turi ko’payib bordi. Yozuv paydo bo’lganidan keyin dorivor 
o’simliklar tug’risidagi ma’lumotlar yozma ravishda tarqala boShladi.Bu fan tarixi 
ilm-fan taraqqiy topgan davrdan boShlanadi. 
Qazilmalarda suriya Shoxi 
Assurbaninal kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval 
topilgan, Shundan 33 tasida dorivor maxsulotlar qayd qilingan. Hozirga qadar 
saqlanib qolgan dorivor simliklar xaqidagi ma’lumotlar asosan qadimiy yunon 
adabiyotlarida uchraydi. 
Buqrot (Gippokrat) bemorlarni parxez ovqatlar bilan davolagan. U 
yozgan kitoblarda dorivor o’simliklarning 236 turi ta’riflangan. Arastu va 
uning Shogirdi Tlofrast ko’pgina o’simlik turlarini ta’riflash bilan birga ularning 
foydali xususiyatlarini xam ko’rsatib o’tishgan. 
Qo’xna Rimda Galen dorivor o’simliklar va tibbiyot soxasida bir 
qancha kitoblar yozgan. U o’z kitoblarida 304 ta dorivor o’simlik, 80 ta xayvon va 
60 ta mineral moddadan olinadigan dorilarni ta’riflagan va dori turlari bilan 


bemorlarni davolashni birinchi bo’lib taklif yetadi. Bu dorilar xozirgi kunda xam 
"Galen preparatlari" nomi bilan yuritiladi. 
Osiyoning Sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda qadimdan bemorlarni 
asosan dorivor o’simliklar bilan davolab kelingan. Xindiston, Tibet, Xitoy va Arab 
tibbiyotlarida ishlatiladigan dorivor o’simliklar ayniqsa diqqatga sazovor. 
Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan o’simliklar, 
xayvon maxsulotlari va mineral moddalarni bir tizimga solishda arab 
Shtfokorlarining xizmati katta bo’ldi. Ular tibbiyot soxasida yozilgan kitoblarni 
arab tiliga tarjima qilishbilan birga qayta nashrdan chiqardilar xamda 
Xindistondagi dorivor maxsulotlar va moddalarni arab tibbiyotida qo’llay 
boShladilar. O’z davrining mashxur tabiblari bo’lmish buxorolik Abu Ali Ibn Sino, 
xorazmlik Abu Abdullox Muxammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Bakir 
Muxammad Ibn Zakaril Ar-Rozi, Abu Rayxon Muxammad Ibn Axmad al-Beruniy, 
arab Muxammadxon o’g’li Abdulqozixon, Ibn Baytar va boShqalarni butun dunyo 
taniydi. 
Abu Ali Ibn Sino qomusiy olim sifatida tanilib, ayni vaqtda uning ilohiyot, 
falsafa, fizika, kimyo, matematika, astronomiya, botanika, musiqa, She’riyat, arab 
filologiyasi, din tarixi, tibbiyot, geologiya, minerologiya va boshqa fanlarga oid 
asarlari saqlanib kelinmoqda. Ulug’ olim yunon, arab, fors olimlarining kitoblarini, 
Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Roziy 
kabi vatandoShlarining asarlarini o’rgandi, ularga ijodiy yondoShadi. Uning 
kitoblari va yozishmalari qadimgi yunon ilmi vakillari bo’lmish Suqrot, Platon, 
Aristotel, Yevklid, Fales, Geraklid, Pifagor, Gippokrat, Galen kabi olimlarning 
asarlaridan yaxShi xabardor ekanligini ko’rsatdi. U ana Shu ma’naviy xazinaga 
tayanib, o’zining falsafa, tibbiyot va tibbiyot ilmlariga bag’ishlangan “Kitob ash 
Shifo” (“SHifo kitobi”), “Al-Qonun fit-tibb” (“Tib qonunlari”), “Kitob annajot” 
(“Najot kitobi”), “Donishnoma” (“Bilimlar kitobi”) kabi yirik asarlarini bitdi. Ibn 
Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan 
muvaffaqiyatli ravishda Shug’ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan.
Turli manbalarda uning 450dan ortik asarlari qayd etilgan bo’lsa ham, 
zamonlar o’tishi bilan ularning ko’pi yo’qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi 
yetib kelgan. Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi 
tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiya, 23 tasi tibbiyot ilmi, 7 tasi 
astronomiya, 1 tasi matematika, 1 tasi musiqa, 2 ta kimyo, 9 tasi etika, 4 tasi 
adabiyot va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan. 
Bobokalonimiz o’z asarlarini arab va fors-dariy tillarida yozgan. Shulardan Ibn 
Sinoning tibbiyotga oid 50dan ortiq asarlari mavjud bo’lib, 30 ga yaqini saqlanib 
qolgan.
Mashxur xakim Abu Ali Ibn Sino 1020 yilda 5 jildlik "Alqonun" ("Tibbiyot 
qonunlari") kitobini yozadi. Bu kitobning II jildi oddiy, V-jildi esa murakkab 
dorilarga bag’ishlangan bo’lib, kitobning II jildida o’Sha zamonda tibbiyotda 
ishlatiladigan 811 ta dorivor o’simliklar, ulardan va xayvonlardan olingan 
maxsulotlar xamda mineral dorivor vositalar ta’riflangan. Kitobda keltirilgan 
dorivor o’simliklar soni 500 tadan, o’simliklardan olingan dorivor vositalar soni 40 
tadan oShadi. "Al-qonun" ko’pgina Ovrupa tillariga tarjima qilingan bo’lib, faqat 


lotin tilining o’zida 16 marta chop etilgan. XVII asrgacha Ovrupo Shifokorlari 
undan qo’llanma sifatida foydalanganlar. Osiyo mamlakatlarida ayniqsa tabobatda 
va an’anaviy tibbiyotda hozirda xam "Al-qonun"dan keng foydalanilmokda. 
Qomuschi olim Abu Rayxon Beruniy umrining oxirgi yillarida kitob As-
Saydano fitopreparatlar tibbiyotini" ya’ni "Tibbiyotda farmakognoziya" asarini 
yaratdi. Bu asarda o’Sha davrning Sharq tibbiyotida qo’llaniladigan 674 ta dorivor 
o’simlik va 90 ta o’simlik maxsulotlari tug’risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, 
"Saydana" da yana 104 ta xayvonlardan olingan maxsulotlar xamda Shu vaqtgacha 
to’g’ri aniqlanmagan 113 ta dorivor o’simliklar xaqida ma’lumotlar bor. 
XX asrlargacha G’arbiy Ovrupo davlatlari dorixonalarida maxalliy dorivor 
o’simliklar bilan bir qatorda Xindiston, Afrika, Amerika, Avstraliya va boshqa 
joylardan keltirilgan maxsulotlar xam bo’lar edi. Rossiya bilan G’arbiy Ovrupo 
davlatlari o’rtasida aloqa o’rnatilgandan so’ng XVII asrda Moskvada birinchi 
dorixona ochiladi. Dorixonadagi dorilarning deyarli xammasi G’arbiy Ovrupodan 
keltirilgan bo’lib, u yerda Chet eldan kelgan kishilar xizmat qilardi.
Dorivor o’simliklarni yetishtirishga Petr II juda katta axamiyat beradi. 
1701 yilda Moskvada 8ta dorixona ochish xaqida buyruq chiqadi. Ana Shu 
dorixonalarni dorilar bilan ta’minlash uchun Rossiyaning turli tumanlaridan dori 
maxsulotlari keltirila boShlandi. Keyinchalik Qozon, Novgorod, Lubna va boshqa 
Shaxarlarda xam dorixonalar ochildi. Sobiq Ittifoq florasidagi tarkibida alkaloidlar 
bo’lgan o’simliklarni tekshirish ishi akademik A.T.Orexov raxbarligida 
boShlangan. O’zbekistonda esa bu ishlar akademiklardan O.S.Sodikov va 
S.Yu.Yunusovlar xamda ularning Shogirdlari tomonidan keng ko’lamda davom 
ettirilmokda. Professorlar F.A.Satsinerov, A.F.Gamlirman va I.A.Muravyovlar 
dorivor maxsulotlar sifatini yaxShilash soxasida katta xizmat qilishdi. 
Mamlakatimizda bu fanini o’qitish va mutaxassislar tayyorlashishi keng yo’lga 
qo’yildi. Bu soxada A.S.Ginzberg, Z.Salimov, B.Zaxarov, S.Minina, X.X. 
Xolmatov, S.M.Mahkamov, X.M.Komilov, M.U.Usubboev va boshqa olimlarning 
xizmati katta bo’ldi.

Yüklə 274,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə