1-Ma’ruza. Fitopreparatlar texnologiyasi fani, O’rganish ob’ekti va usullari. Fitopreparatlar tasnifi va ularning tavsifi


FITOPREPARATLAR TASNIFI VA ULARNING TAVSIFI



Yüklə 274,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix03.02.2023
ölçüsü274,97 Kb.
#100065
1   2   3   4
1 (2)

FITOPREPARATLAR TASNIFI VA ULARNING TAVSIFI 
Keyingi yillarda ko’p mamlakatlarda, jumladan, O’zbekiston Respublikasida 
ham farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi kuzatilmoqda. Shu sababli 
ham farmatsevtika korxonalarining dorivor o’simliklar xom ashyosiga bo’lgan 
talabini keskin ortishiga sabab bo’lmoqda. 
Fitopreparatlar tarkibida turli sinfga mansub bo’lgan komleks ta’sir qiluvchi 
moddalar saqlangan bo’lib, ular oShqozon-ichak tizimida biologik faol 
moddalarning to’liq so’rilishini va xujayra protoplazmasining xarakat faoliyatini 
ta’minlaydi, fermentativ faollikni kuchaytiradi, to’qimalarning elastikligini va 
o’tkazuvchanligini yaxShilaydi hamda organizmdan zaharli moddalarni chiqarib 
yuborishni 
ta’minlaydi. Tabiiy biologik faol moddalar tanada oson 
zararsizlantiriladi, organizmda modda almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi, 
allergenlik xususiyati sun’iy kimyoviy yo’l bilan olingan dori vositalaridan bir 
necha marotaba kam bo’ladi. Bu xossasi hozirgi vaqtda allergiya kasalligi keng 
tarqalgan davr uchun ayniqsa muhimdir. 
Fitopreparatlar terapevtik ta’sirining kengligi, zaharliligining kamligi va uzoq 
vaqt nojo’ya ta’sirlarsiz qo’llash mumkinligi bilan sintetik dori vositalaridan ancha 
ustun turadi. Fitopreparatlarning afzalligi ular tarkibida ma’lum biofaol moddalar 
borligidadir. Zamonaviy amaliyotda o’simlikning har xil biofaol moddalaridan 
foydalanib kelinmoqda. Alkaloidlar, efir moylari, organik kislotalar, vitaminlar, 
oShlovchi moddalar, smolalar, Shilimshiqlar, fitontsidlar Shular jumlasidandir. 
O’simliklardan olingan dorivor moddalar –bu butun biogenetik yig’ilgan majmua 
bo’lib, o’zida faol ta’sir etuvchi modda va boshqa ikkilamchi metabolitlar, 
proteinlar, efir moylari, xlorofill, mikroelementlar, noorganik tuzlar va vitaminlar 
saqlaydi. 
Fitopreparatlarni ishlab chiqarishda o’ziga xos kamchiliklardan holi emasdir. 
Bu kamchiliklar quyidagilar: 
-biofaol moddaning faqat 50-60% igina ajratib olinadi; 
-40% dan ko’prok fitopreparatlarning chinligi va miqdorini haqqoniy baxolash 
usullari ishlab chiqilmagan; 
-ba’zi dorivor o’simliklar turlari kamayib ketgan. 
Bu muammolarni hal qilishuchun quyidagilar zarur: 
-texnologik jarayonlarni takomillashtirish sirt faol modda (SFM), 
suyultirilgan karbonat angidridlarni (SO
2)
ishlatish, xom ashyoning maydalik 
darajasini oShirish; 
-xalq tabobatida qo’llaniladigan dorivor o’simliklarni ilmiy asosda o’rganish, 
ularni madaniylashtirish va yetishtirishda agrotexnika qoidalariga amal qilish. 
Shu bilan birga mahsulot sifatini baholashning haqqoniy usullarini ishlab 
chiqish va chiqindisiz texnologik jarayonlarni yo’lga qo’yish lozim. 
Mamlakatimizning tabbiiy iqlim Sharoiti biofaol moddalarni yetarli darajada 
o’simlik organlarida yig’ilishiga imkon beradi. 


O’simliklardan tayyorlangan fitopreparatlarga hozirgi vaqtda butun dunyo 
bo’ylab xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda qiziqish ortib bormoqda.
Respublikamizda tibbiyot amaliyotida qo’llanilishga ruxsat etilgan dori 
vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika Davlat Reestrida 2441 mahalliy dori 
vositalari ro’yxatdan o’tgan. Shulardan 142 ta dorivor o’simliklardan asosida 
olingan preparatlar va 5 ta substantsiya - dorivor o’simlik ekstraktlari (artishok 
bargi quruq ekstrakti, kurkuma(zarchava) ildizpoyasi quruq ekstrakti, garmdori 
quyuq ekstrakti, sennozid quruq ekstrakti, fitopassit quruq ekstrakti) ro’yxatdan 
o’tgan. 
Butun dunyodagi kabi mamlakatimiz florasi ham xilma-xil Shifobaxsh
o’simliklar dunyosiga boy genofondga ega. Dorivor o’simliklarni o’rganish, 
biofaol moddalarni ajratib olish, xom ashyosini tayyorlash, biokimyoviy tarkibini 
o’rganishda Toshkent farmatsevtika instituti, O’zR FAning akad. S.Yu.Yunusov 
nomidagi O’simlik moddalari kimyosi instituti, Bioorganik kimyo instituti, 
A.Sultanov nomli O’zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti
o’simlik va xayvonlar genofondi institutlari olimlarining xizmatlari salmoqlidir.
Ular 
tomonidan 
o’tkazilgan 
keng 
qirrali 
tadqiqotlar 
natijasida
respublikamizda o’sadigan dorivor o’simliklarni batafsil o’rganib, biofaol 
moddalrni ajratib olish va farmatsevtika sanoatida foydalanish imkoniyatlarini 
aniqlash, yangi dori Shakllarining istiqbolli turlarini texnologiyalari ishlab 
chiqilmoqda.
Fundamental fanning yutuqlariga asoslanib shifobaxsh o’simliklarni 
oqilona kompleks chuqur qayta ishlash texnologiyasi iqtisodiy samaradorlikni 
oShirish tizimlaridan biridir. Ba’zida bir dorivor preparatni o’simlikdan ajratib 
olinib, qolganlari behudaga ketadi. Olimlar iqtisodiy jihatdan tejamkor 
texnologiyalarga tayanib, dorivor xom-ashyoni chuqur va keng qamrovli qayta 
ishlash usullarini ishlab chiqishga intilmoqdalar. Masalan, qizilmiya ildizlari va 
ildizmevalari kompleks qayta ishlash texnologiyasi natijasida quruq ekstrakt, 
flavonoid (likviriton, flakarbin) va triterpen preparatlarini (glitsiram, glitsirrinat) 
olish mumkin. 
Ilm-fanni innovatsion yuqori sifatli mahsulotlarni izlash va yaratishda 
yordam berayotganini misol keltirsak, dorivor o’simliklardan dunyodagi yetakchi 
ishlab chiqaruvchilardan biri bo’lgan “Bionorika” nemis kompaniyasining 
fitoniringidir. Ushbu kompaniya fitonirlashning o’ziga xos g’oyasidan foydalanadi, 
u an’anaviy davolash usullari sohasidagi bilimlarni dorivor o’simliklar va tabiiy 
fanlardagi innovatsion ilmiy tadqiqotlar natijalarini birlashtiradi. 
O’simlik preparatining sifati va samaradorligi ko’p jihatdan uning tarkibiy 
qismlariga bog’liq bo’lganligi sababli qayta ishlovchi kompaniyalar o’simlik 
materiallariga eng yuqori talabni qo’yadi. O’simlik materiallarining doimiy sifati 
boShqariladigan va standartizatsiyalashtirilgan o’sib boradigan Sharoit bilan 
ta’minlanadi. Atrof muhit Sharoiti, organik moddalarning yuqori kontsentratsiyasi 
va qisqa transport yo’llari katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarishjarayonining 
barcha bosqichlari analitik hisob-kitoblar bilan tekshiriladi va murakkab tizimni 
anglatadi.


Ilmiy ishlarda asosiy e’tibor nafas olish kasalliklari, ginekologiya, urologiya 
va og’riqlarga qaratilgan. Chet el kompaniyalarining dorivor o’simliklaridan 
olingan mahsulotlari Respublikamizga import qilinadi, qabul qilingan qaror bu 
preparatlarni o’zimizda o’sadigan dorivor o’simliklardan olish imkoniyatini 
yaratadi. Misol tariqasida Bolgariyaning “Tribestan” (temirtikan o’simligi), 
Germaniyaning “Gelarium giperikum” (dalachoy o’simligi), Chexiyaning “Persen” 
(arslon quyruq o’simligi asosida), Rossiyaning “Ekstrakt valerianы” (asorun ildizi 
va ildizpoyalari) katta miqdorda dori Shaklida kirib keladi. Bu Shifobaxsh
o’simliklar o’zimizda ham o’sadi. Bularning ichidan faol moddalarni olish import 
hajmini kamaytirish imkonini beradi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. 

Yüklə 274,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə