1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


II. Avtoritar tarbiya. Erkin tarbiya nazariyasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə56/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

II. Avtoritar tarbiya. Erkin tarbiya nazariyasi

Tarbiya jarayoniga shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish jarayoni sifatida qarash haqidagi zamonaviy ilmiy tasavvurlar bir qator pedagogik g‘oyalarning uzoq davom etgan o‘zaro kurashi natijasida paydo bo‘ldi.


O‘rta asrdayoq avtoritar tarbiya nazariyasi yuzaga keldi va u hozirgacha turli ko‘rinishlarda (masalan, skauting nazariyasi) davom etib kelmoqda. Ushbu nazariyaning yorqin namoyondalaridan biri nemis pedagogi I.F.Gerbart bo‘lib, u tarbiyani bolalarni boshqarish jarayoni deb tushuntirdi. Ushbu boshqaruvning maqsadi - «uni u yoq, buni bu yoqqa irg‘itayotgan» bolalardagi yovvoyi fe’l-atvorni bostirishdan iborat. Bolalarni boshqarish mazkur holatda uning xulqini belgilaydi. Gerbart boshqaruv usullari bolalarni nazorat qilish va ularga buyruq berishdan iborat, deb biladi.
O‘sha davrda (o‘rta asrlarda) J.J.Russo avtoritar tarbiyaga qarshi erkin tarbiya nazariyasini ilgari surdi. U va uning izdoshlari bolani hurmat qilish lozim, uni chegaralab, to‘sib, bo‘g‘ib qo‘ymaslik kerak, balki bolaning tabiiy rivojlanishini har tomonlama rag‘batlantirib, quvvatlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ushbu tarbiya nazariyasi dunyoning turli mamlakatlarida o‘zining rivojini topdi. Hatto bugungi kunda ushbu nazariya Evropa mamlakatlaridan Angliya, Fransiya, Belgiya, Rossiyada keng tarqalib, bola tarbiyasida uning tabiatidan, tanlanish xususiyatidan kelib chiqish kerak, degan fikrlar aytilmoqda.
Hozirgi zamon pedagogikasidagi asosiy oqimlarni o‘rganish shunga olib kelyaptiki, tarbiya jarayoni tushunchasi, bu tarbiyalanuvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etish yoki qator talablarning bajarilishini tashkil etish tarzida majburiy xarakter kasb atamasligi kerak, balki tarbiyachi (ota-ona, o‘qituvchi, jamoatchilik) bilan tarbiyalanuvchining o‘zaro ijtimoiy hamkorlik qilishi ularning rivojlanib boruvchi munosabatlarini anglatadi. Bu o‘rinda pedagog maqsadi o‘quvchi faoliyatining mahsuli sifatida belgilanishi kerak. SHuningdek, maqsad o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish (bu o‘rinda tashkil etish majburiy, ko‘rsatma, buyruq tarzida emas) orqali ham amalga oshiriladi. Faoliyat natijasiga baho berish ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ma’lum, qatiy mezon ko‘rinishida emas, balki faoliyat natijasi o‘laroq, bola xulqi, dunyoqarashi, ongidagi sifat o‘zgarishlariga e’tibor berish, muhokama, tahlil etish, xulosa chiqarish kabi ko‘rinishlarda, shuningdek, o‘z-o‘ziga baho berish, faoliyatga tanqidiy munosabat kabi tarzda yo‘lga qo‘yilishi kerak.
SHu nuqtai nazardan tarbiya jarayonida tarbiyachi tarbiyalovchi tarzida emas, bevosita shu faoliyatning ishtirokchisi sifatida qatnashib, o‘z rolining ta’sirini tarbiyalanuvchilarga - faoliyat ishtirokchilariga «sezdirmasdan» o‘tkaza olishi, - «ko‘rinmas» boshqaruvchi sifatida qatnashishi kerak.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə