1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


III. Tarbiya jarayonining mohiyati



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə57/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

III. Tarbiya jarayonining mohiyati

Har qanday jarayon ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilgan qonunlar va izchil harakatlar yig‘indisi hisoblanadi.


Tarbiya jarayonining bosh natijasi har tomonlama rivojlangan, barkamol avlod - yangi jamiyat qurilishida faol ishtirok eta oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat.
Tarbiya - ikki tomonlama xarakter kasb etadi, ya’ni tashkil etish va rahbarlik, shuningdek, shaxsning faol ishtirokini ham o‘z ichiga oladi.
Lekin, bu o‘rinda, etakchilik roli pedagogga tegishlidir va u shaxs faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kerakli dastur tuzadi, mazmun, yo‘nalish, shakl va usullar tizimini ishlab chiqadi.
Mohiyat falsafiy kategoriya sifatida narsa, predmetning ma’nosini (mazmunini) ifodalaydi va u o‘z-o‘zidan boshqa narsa, predmetlardan farqlanadi. Mohiyat mavjud hodisa, narsa, predmetlar rivojlanishining asosiy belgilari va yo‘nalishini aniqlaydi, ichki munosabatlarining chuqur bog‘liqlik tomonlarini ifodalaydi.
Tarbiya jarayoni asosida shaxs shakllanishining ijtimoiy maqsadlari bilan bog‘liq holda tarbiyachi va tarbiyalanuvchining o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan tarbiyaviy munosabatlar tizimi yotadi.
Demak, o‘quvchi pedagog bilan ongli ravishda o‘zaro aloqada bo‘lar ekan, u holda tarbiyaviy munosabatlar xar doim sub’ektiv-ob’ektiv xarakter kasb etadi.
SHunday qilib, tarbiya jarayonining mohiyati shundan iboratki, tashqi ob’ektiv boylik ichki boylik bo‘lib qoladi, inson ongi sohasiga o‘tadi, keyinchalik u hulq va faoliyat natijasiga aylanadi. Bu o‘rinda rivojlanish sharoitlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi, balki ushbu sharoitda insonning o‘rni, unga shaxsning munosabati va undagi faoliyat xarakteri hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Tarbiya jarayoni o‘zining tabiatiga ko‘ra ko‘p faktorli xarakter kasb etadi. Bu degani shaxs maktab, oila, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoalari va turli vositalar ta’siri ostida shakllanadi.
Tarbiya jarayoni va unga ta’sir etuvchi omillar, faollik, ehtiyoj, intellektual va hissiy boyliklar, faoliyat, odatlar, muomala va munosabat o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq holda yo‘lga qo‘yiladi.
Xulq regulyatorlari (boshqaruvchilari). Bulardan eng asosiylari intellektual va emotsional-irodaviy faollik hisoblanadi.
Tarbiya jarayoni samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shaxs ehtiyoj-motivatsion sohasini shunchalik boyitadi va uni qayta quradi. Uning intellektual-emotsional irodaviy faolligini rivojlantiradi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə