1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Tarbiya jarayonining samaradorligi shaxs motivatsion-amaliy faoliyatini harakatga keltira olsa, ong va faoliyat birligini ta’minlay olsagina yuqori bo‘ladi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə58/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Tarbiya jarayonining samaradorligi shaxs motivatsion-amaliy faoliyatini harakatga keltira olsa, ong va faoliyat birligini ta’minlay olsagina yuqori bo‘ladi.
Tarbiya jarayoni natijalari, odatda, bir tomonlama xarakter kasb etmaydi. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish jarayoni sifatida keng qamrovdagi holatlar bilan murakkablashadi:
- bola shaxsiga turli-tuman, bevosita va bavosita ta’sirlarning mavjudligi (maktab, oila, ko‘cha, noformal guruhlar, axborot vositalari);
- bolalarda oldindan yuzaga kelgan qarashlar, intilish,
odat, didning mavjudligi;

- o‘quvchi ichki holatini o‘rganishdagi qiyinchilik;
- bir xildagi pedagogik ta’sir natijalarining turlichaligi.


IV. Tarbiya jarayonining dialektikasi va qonuniyatlari


Tarbiya jarayoni, boshqa jarayonlar kabi, dialektik xarakterga ega. Bola o‘zini o‘rab turgan borliq dunyo bilan turli munosabatlarga kirishadi. Real tarbiya jarayonida ushbu holat tarbiyachiga ixcham-egiluvchanlik, harakatchanlik, o‘zgaruvchanlik, tezkorlikni aytib turadi. Hech qaysi tarbiya tizimi doimiy emas, chunki bola turli ijtimoiy munosabatlarga, aloqalarga kirishar ekan, o‘zi ham o‘zgarib boradi, tarbiya jarayonining ijtimoiy funksiyasi ham ortib va murakkablashib boradi, shu bilan birga rivojlanishda bo‘lgan yosh avlodga talablar ham ortib boradi.
Ichki qarama-qarshiliklar har qanday rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Lekin ular rivojlanish mazmuni va yo‘nalishini tashqi sharoitlar etarli bo‘lgan taqdirdagina belgilab bera oladi, xolos. Ichki qarama-qarshilikka o‘quvchining intilishi va uning imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatni keltirib o‘tish mumkin.
Insonning shaxs bo‘lib shakllanishidagi asosiy manbalardan biri ehtiyojlar bilan uni qondirish usullari (sharoitlari) o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bilamizki, ehtiyoj doimo tez va to‘liq tarzda birdaniga amalga oshmaydi. Lekin har qanday qarama-qarshiliklar bartaraf etilishi kerak yoki bu qarama-qarshilik o‘z kuchini yo‘qotguncha kutish zarur.
Odatda, inson qarama-qarshiliklarni enga borib, o‘z rivojlanishida yuqori bosqichga ko‘tariladi va keyingi bosqichda undan ham murakkabroq qarama-qarshiliklarni engishga qodir mukammal faoliyat usullarini egallaydi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə