1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Ichki qarama-qarshiliklardan yana biri, tashqi narsa va hodisalar ta’siri va shaxs intilishi o‘rtasidagi ziddiyat hisoblanadi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə59/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ichki qarama-qarshiliklardan yana biri, tashqi narsa va hodisalar ta’siri va shaxs intilishi o‘rtasidagi ziddiyat hisoblanadi.
Tashqi qarama-qarshilik tarbiya jarayoni uchun katta qiyinchilik tug‘diradi.
Masalan, maktab qo‘yayotgan talablar bilan oila tomonidan ilgari surilayotgan talablarning (ba’zan tushunmay, ba’zan ataylab) bir-biriga mos tushmasligi oqibatida ziddiyat kelib chiqadi.
SHuningdek, tarbiya jarayonini murakkablashtiruvchi yana bir qarama-qarshilik, bu tashkiliy, maqsadli ta’sir bilan, tashqi stixiyali ta’sir o‘rtasidagi nomuvofiqlik. O‘qituvchilar tomonidan bolalarga talablarning bir xilda qo‘yilmasligi ham tarbiya jarayonida ma’lum ziddiyatni keltirib chiqaradi.
Tarbiya yaxlit pedagogik jarayonning bir tizimi sifatida ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari:
1.Tarbiyalanuvchilarning faoliyati qanchalik o‘ylab,
puxta tashkil etilgan bo‘lsa, ularning muomala, munosabatlari, umuman olganda, tarbiya jarayoni shunchalik samarali kechadi.

2.Tarbiya jarayoni shaxs ichki tomonlariga (ruhiyati,
hissiyotiga) qanchalik to‘g‘ri, samarali ta’sir ko‘rsatsa,
uning natijasi shunchalik yuqori bo‘ladi.

3.Tarbiya jarayoni o‘zining kompleks tizimida shaxsning verbal, sensor va harakat jarayonlariga ta’sirini qanchalik ko‘p, maqsadga muvofiq tarzda uzviy o‘tkaza olsa, barkamol shaxs tarbiyasi shunchalik mukammal amalga oshadi.


TARBIYA PRINSIPLARI


I. Tarbiya prinsiplari to‘g‘risida umumiy tushuncha

Tarbiya jarayonining murakkabligi uni maqsadga muvofiq tashkillashtirishni, har bir tarbiyachi va barcha ta’lim-tarbiya muassasalari rioya qiladigan umumiy talablar, qoidalar asosida yo‘lga qo‘yishni talab etadi. Prinsip (lotincha prinsipium - asos, dastlabki) tushunchasi faoliyatning umumiy yo‘nalishini yoki qandaydir harakat mexanizmini belgilab beruvchi asos, rahbarlik g‘oyasi sifatida ifodalanadi.


Tarbiya jarayonining prinsiplari pedagogikada uning bosh yo‘nalishi, uning butun tizimini belgilab beruvchi asos sifatida tushuniladi. U mazmun, metodlar, tashkil etish va, hattoki, ishtirokchilar o‘rtasida o‘rnatiladigan munosabatlarni ham belgilab beradi.
Tarbiya jarayonining prinsiplari pedagog oldida turgan barcha tarbiyaviy vazifalarni hal etishga yordam beradi. SHu o‘rinda hozirgi pedagogik qarashlarda uchraydigan erkin tarbiya nazariyasidagi tarbiya jarayonini bola tabiatidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yish zarur, uning tashabbuskorligini, mustaqilligini bo‘g‘ib qo‘ymaslik lozim (prinsiplar bola faoliyatini chegaralab qo‘yadi degan fikrda), degan g‘oyalar tarbiya prinsiplariga bir tomonlama qarash oqibati ekanligini yoki, umuman bulardan foydalanmaslik tavsiya etilayotganligini aytib o‘tish zarur. YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni aytish zarurki, har bir jamiyat o‘z oldiga shu mamlakat kelajagini, uni barcha sohalarini rivojlantira oladigan, boshqara oladigan yosh avlodni tayyorlashni asosiy maqsad qilib qo‘yadi.
SHunday ekan, o‘sha mamlakat yoki mazkur jamiyat ana shu yoshlarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, tashkilotlar (bu o‘rinda ta’lim muassasalari)ga shu davlat tuzumi taraqqiyotidagi o‘ziga xoslikdan kelib chiqib, kelajakda yoshlarning qanday bo‘lishini belgilab, ma’lum buyurtma beradi. Ushbu buyurtma bo‘yicha kelajak shaxs modeli faktlari, u egallashi zarur bo‘lgan dunyoqarash, ko‘nikma va odatlarning loyihasi tavsiya etiladi.
Demak, buyurtmachi ta’lim muassasalari oldiga ma’lum talablarni qo‘yadi, ya’ni shaxs egallashi lozim bo‘lgan insoniy fazilatlar, odob, axloq me’yorlarini ilgari suradi. Bu esa o‘z o‘rnida shaxs modelini belgilab beruvchi tarkibiy qismlar qanday bo‘lishini ko‘rsatadi. SHunday qilib, ta’lim-tarbiya o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarini ijtimoiy buyurtma xarakteriga ko‘ra muvofiqlashtirishga majburdir. Xulosa qilib aytganda, tarbiya jarayoni mohiyati bilan ma’lum (ijtimoiy buyurtma talablaridan kelib chiqib) talablar asosida amalga oshirilishi kerak, ya’ni shaxs mazkur jamiyat taraqqiyotida egallashi zarur bo‘lgan insoniy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lmog‘i lozim.


Tarbiya prinsiplariga berilgan ta’rif, prinsip tushunchasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, butun tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yishning asosiy yo‘nalishlarini, mazmunini, umuman olganda, shaxs egallashi zarur bo‘lgan fazilatlar majmuasini ifodalashini ko‘ramiz. Tarbiya prinsiplari muammosi, uning nazariy va amaliy jihatlarini ishlab chiqish davr talabi, mazkur ijtimoiy tuzumning talabi desak, xato qilmagan bo‘lamiz.
Ijtimoiy tarbiya prinsiplari mushohadaga asoslangan tushunchalar emas, balki, u tarbiya oldiga qo‘yilgan maqsadni ifodalab beradi, bundan tashqari, ilg‘or tajribalarni umumlashtirish natijasi ham hisoblanadi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə