1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


II. Tarbiyada maqsadga intilish va g‘oyaviylik prinsipi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə60/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

II. Tarbiyada maqsadga intilish va g‘oyaviylik prinsipi

Har qanday pedagogik jarayon maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Har qanday maqsad, qonun kabi inson faoliyatining xarakteri va uslublarini belgilab beradi. Har qanday tarbiyani rejalashtirishda avval puxta o‘ylangan maqsad va vazifalar belgilanadi. YAxshi o‘ylangan maqsad pedagogik jarayonga g‘oyaviy yo‘nalish, ongli va ijodiy xarakter beradi, tarbiyachi faoliyatida stixiyalilik va o‘zibo‘larchilikning oldini oladi.


Tarbiyachi aniq maqsadni belgilashda mazkur o‘quv yurti oldida turgan umumiy maqsaddan, davlat buyurtmasi va shaxsiy buyurtma talabidan kelib chiqadi va mazkur sinfning, o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasini hisobga oladi. Eng muhimi, o‘quvchi shaxsini loyihalashtira borib, tarbiyalanuvchi oldiga qo‘yilgan maqsadni o‘quvchining shaxsiy maqsadiga aylantirish asosiy ahamiyatga ega. Bunga erishilganda o‘quvchida ertangi kunga intilish, o‘zining o‘sib, ulg‘ayib borayotganini, ma’lum jismoniy, ma’naviy rivojlanishda ekanligini his etish kabi sifatlar shakllanadi.
SHaxsning kelajakka intilishi asosida, uning real hayotiy sharoitdagi mo‘ljali - namuna modeli yuzaga keladi va unga intilib yashaydi. Tashqi ta’sirlar birdaniga shaxs ichki dunyosida o‘z o‘rnini topmaydi, balki keyinchalik bu ta’sirlar o‘z-o‘ziga talabchanlikda o‘z ifodasini topadi va ular bunday ta’sirlarning ichki mazmun kasb etishiga yordam beradi.


III. Tarbiyaning turmush bilan, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘liqligi prinsipi

YUqorida qayd etilgan prinsip bilan uzviy bog‘liq holda tarbiyani turmush, mehnat, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘lash prinsipi ham mavjud. Maxsus tadqiqotlar (I.I.Arxipov, T.V.Dragunova, D.B.Elkonin) shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarning etuklikka, katta bo‘lishga intilishi, jamiyat foydasi uchun astoydil mehnat qilish yo‘lidagi ongli harakati ijobiy natijalarni beradi. Maktab tarbiyani mamlakatimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy munosabatlari bilan bevosita bog‘liq holda amalga oshiradi.


Biz bilamizki, inson ma’naviy dunyosi uning jamiyatdagi turli holatlarda, turli jarayonlarda kishilar bilan bevosita, amaliy munosabatlari tufayli yuzaga keladi. SHuning uchun ham tarbiya jarayoni shaxs faoliyatini jamiyatdagi turli ko‘rinishdagi munosabatlar, jarayonlarga jalb etishi, ularning faol munosabatga kirishuvi uchun to‘liq imkoniyatlar yaratishga qaratmog‘i kerak.
Turmush - hayot maktabi, tarbiyaning eng yaxshi maktabi. U yoshlarga ishonarli axborotlarni beradi, o‘z o‘rnini topishga, kimligini anglashga va natijada murakkab sharoitlarda hayotiy zarur ko‘nikmalarni egallash va ulardan foydalanishga imkon beradi. Turmush bilan, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bevosita muloqot shaxsdagi egoizm, tundlik, o‘zibo‘larchilik kabi salbiy sifatlarni yo‘qotishga xizmat qiladi. SHuningdek, pedagogik jarayon davomida ommaviy axborot vositalaridan, teleko‘rsatuvlardan ham unumli foydalanish muhimdir. Olingan axborotlarni, hayotiy tajribalarni muntazam tahlil qilish, baho berish va xulosa chiqarishga o‘rgatib borish ham shaxs qarashlari va xulqini boshqarish va yo‘lga qo‘yishda ahamiyatga ega.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə