1-Ma’ruza. Taqsimlangan masalalar va tizimlar. Taqsimlangan tizimlar


Taqsimlangan tarmoqlarini qurish tamoyillari



Yüklə 38,45 Kb.
səhifə8/11
tarix30.12.2023
ölçüsü38,45 Kb.
#166349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Taqsimlangan masalalar va tizimlar. Taqsimlangan tizimlar-fayllar.org (1)

Taqsimlangan tarmoqlarini qurish tamoyillari
Ko’pchilik umumiy foydalanish tarmoqlari iyerarxik tuzilish asosida quriladi. Ma’lumot uzatish tarmog’ining iyerarxik tuzilishdagi afzalligi axborot almashuvida har xil iyerarxik sathlarga xizmat ko’rsatishdir. Tuzilishlardan qaysi birini tanlash foydalanuvchi talabi, yuklama hajmi va boshqa faktlarga bog’liq.

Iyerarxik sath tarmoq va noiyerarxik tarmog’i pastki sathlari “YULDUZSIMON”, “HALQASIMON”, “ShINASIMON”, “DARAXT-SIMON” lar ko’proq tarqalgan tuzilishlar hisoblanadi. Iyerarxiya tarmog’i yuqori sathlarida ishonchlilikning yetarlicha yuqori ko’rsatkichlarini ta’minlash zaruriyatida “TO’LIQ BOG’LANISHLI” yoki “K – BOG’LANISHLI” tuzilishlari ishlatiladi. Yuqori ishonchlilik bo’yicha “ALMAZSIMON” tuzilishi ma’lumot uzatish tarmoqlarida harakatdagi obyektlarni qurilishida qo’llaniladi.



Daraxtsimon topologiya turli variantlarga ega. Daraxtsimon topologiya lokal kompyuter tarmoqlari, qishloq xududlari telefon tarmoqlari, abonent kirish tarmoqlarida qo’llaniladi.

  • «Halqa» topologiyasi xar bir punktga faqat ikkita liniyalar birlashtirilgan tarmoqni tavsiflaydi. Halqa topologiyasi optik kabel yordamida lokal kompyuter tarmoqlar, transport tarmoqlar va abonent kirish tarmoqlarida keng qo’llaniladi. Ikki qavat halqa oraliq punktlar o’rtasida fizikaviy ulanishni juftliklari bilan tashkil qilinadi, bunda axborot oqimi ikki yo’nalishda yo’naltiriladi, ulardan biri asosiy, boshqasi esa – zaxira bo’ladi.


  • To’liq aloqali topologiyada har bir har biri bilan» tamoyiliga asoslanib, punktlar o’rtasida fizikaviy va mantiqiy ulanish ta’minlanadi. Har bir juft punktlar o’rtasidagi mustaqil yo’llar soni h+n-1 ga teng, shuning uchun mantiqiy qatlamda aylanma yo’llarning ko’proq soni mavjud, bu esa aloqani, ayniqsa, aylanma yo’nalishlarda signallar tarqalishini alternativ muhitlarini ishlatishda (masalan, optik tola, radiorele liniyalarda) aloqani maksimal ishonchliligini beradi. Bu topologiya xududli tarmoqlar segmentlari uchun xosdir.








Dasturiy konfigurasiyalangan tarmoq (DKT) (Programmno-konfiguriruyemiye Seti (PKS) yoki Software Defined Networks (SDN)) – arxitekturasi rivojlanayotgan tarmoq hisoblanib, unda tarmoqni boshqarish funksiyalari ma’lumot uzatish funksiyalaridan ajratilgan.
DKT ning asosiy g’oyasi, mavjud tarmoqdagi vositalarni (ya’ni, marshrutizator va kommutatorlarni) o’zgartirmasdan turib, ularni boshqarish jarayonlarini oddiy bir kompyuterga o’rnatilgan maxsus dasturiy ta’minot asosida amalga oshirish. Ushbu dasturiy ta’minot tarmoq administratori nazoratida bo’ladi.



Yüklə 38,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə