1-Ma’ruza. Taqsimlangan masalalar va tizimlar. Taqsimlangan tizimlar



Yüklə 38,45 Kb.
səhifə9/11
tarix30.12.2023
ölçüsü38,45 Kb.
#166349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Taqsimlangan masalalar va tizimlar. Taqsimlangan tizimlar-fayllar.org (1)

Tarmoqning infrastruktura sathi
Zamonaviy marshrutizatorlarda ikkita asosiy masala yechiladi: ma’lumot uzatish (forwarding) – paketni kirish portidan chiqish portigacha harakat qilishi va ularni boshqarish – marshrutizatorni joriy holatiga asoslanib, paketni qayta ishlash, uni qaysi marshrutga yo’naltirish bo’yicha qaror qabul qilish .
Butun tarmoq - ma’lumot uzatish sathi (MUS) (aloqa liniyalari, kanal tashkil etish qurilmalari, marshrutizatorlar va kommutatorlar) va ma’lumot uzatish qurilmalarining holatini boshqarish sathidan (ma’lumot uzatilishini boshqarish sathi (MUBS) tarkib topadi.
Marshrutizatorlarning rivojlanishi shu ikki sath vazifalarini bir-biriga yaqinlashtirish, dasturiy ta’minotlarini takomillash-tirish, yangi funksional imkoniyatlarni joriy etish yo’li bilan pa-ketlar uzatilishining tezligini oshirishga erishish hisoblanadi. Ammo boshqarish jarayoni (ya’ni, MUBS) soddaligicha qolaverdi.


TT larning umumlashgan sxemasi


Foydalanuvchi taqsimlangan tizimga bog’lanib, o’ziga kerak bo’lgan resurs to’g’risida ma’lumot beradi, tizim resursni dunyoning istalgan nuqtasidan topib unga taqdim etadi, foydalanuvchi ushbu resursdan xuddi o’zini kompyuterida joylashtirilganidek foydalanadi. Umuman olganda, foydalanuvchi tomonidan talab etilgan resurs dunyoning bir nechta nuqtalarida joylashgan resurslarning yig’indisidan tarkib topishi mumkin. Bunda tizim ushbu resurslarni topadi, ularni jamlab, “kompozit” resurs shakllantiradi va foydalanuvchiga bitta resurs sifatida taqdim etadi.
Ushbu imkoniyatlar axborotni qayta ishlash vositalari (ya’ni, katta quvvatga ega kompyuter vositalari) telekommunikatsiya vositalari, tarmoq texnik qurilmalari va maxsus jahon andozalariga asoslangan dasturiy ta’minotlari, hamda elektron shakldagi axborot resurslarini yaratishda qo’llaniladigan zamonaviy dasturlar va ma’lumotlar baza va banklarini boshqarish tizimlari asosida yaratiladi.

Hisoblash resurslari. Grid tizimi foydalanuvchilariga prosessor quvvatini taqdim etadi.

Xotira resurslari – ma’lumot saqlash maydoni. Xotira saqlash maydoniga kirish uchun ham oraliq dasturiy ta’minot imkoniyatidan foydalaniladi

Informasion resurslar - maxsus xotira resurslari hisoblanadi. Ular Grid tizimining boshqa resurs-lari to’g’risida ma’lumot beradi va katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash hamda taqdim etish uchun xizmat qiladi.

Tarmoq resurslari – Grid tizimining taqsimlangan resurslarini biri-biri bilan bog’lash vazifasini bajaradi. Tarmoq resursining asosiy xarakteristikasi ma’lumot uzatish tezligi hisoblanadi.

Yüklə 38,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə