1-маърўза: Кириш


N – asbobning o’lchash chegarasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#138363
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76
Kitob 2218 uzsmart.uz

N – asbobning o’lchash chegarasi
.
Hatolik qiymati o‟lchash asbobi aniqligini, demak, o‟lchash natijasini ham 
tavsiflaydi. O‟lchov aniq bo‟lishi uchun, hatosi kichiq bo‟lgan asboblardan 
foydalanish kerak. Ammo hatosiz asboblar tayyorlash mumkin emas. Hatosi kichik 
bo‟lgan asboblar murakkab bo‟lib, ularning bahosi qimmat. Bu asboblar bilan ishlash 
paytida katta ehtiyotkorlik talab qilinadi. Texnikaviy o‟lchashlar uchun muayyan 
belgilangan qiymatdan oshmaydigan, yo‟l quyiladigan hatosi bor asboblardan 
foydalaniladi. 
Asbob ko‟rsatishining standartlar yo‟l qo‟yadigan eng katta hatosiga 
yo’l 
quyiladigan hatо
deb ataladi. Hato miqdori o‟lchashlar olib borilayotgan tashqi 
muhitga (atrof muhit harorati, atmosfera bosimi, tebranish va boshqalarga) bog‟liq 
bo‟lgani sababli asosiy va qo‟shimcha hatolar tushunchalari kiritiladi. 
O‟lchov asbobi uchun texnikaviy sharoitida yo‟l quyilgan hatolik 
asosiy 
hatolik 
deyiladi. Tashqi sharoit o‟zgarishining asboblarga bo‟lgan ta„siridan kelib 
chiqqan hato, 
qo’shimcha hatodir
. O‟lchov asboblarining sifati ularning hatolaridan 
tashqari asboblar variatsiyasi, sezgirligi va sezgirlik chegarasi bilan tavsiflanadi. 
Bir kattalikni ko‟p marta takroriy o‟lchashlar natijasida asbob bir nuqtadagi 
ko‟rsatishlari orasidagi eng katta farq 
o’lchov asboblarining variatsiyasi 
deb ataladi. 
Variatsiya o‟lchanayotgan kattalikni ma„lum bir miqdorgacha asta-sekin oshirib va 


13 
kamaytirib aniqlanadi. Variatsiya asbobning mexanizmi, oraliqlari, gisterezis va 
boshqa qismlardagi ishqalanishi sababli kelib chiqadi. Variatsiya (ε) asbob shkalasi 
maksimal qiymatining foizi hisobida ifodalanib, asosiy yo‟l quyilgan hato qiymatidan 
oshib ketmasligi lozim: 
%
100
)
(
min
max
N
N
N




, (2.7) 
bu erda 
ΔN-
asbob ko‟rsatishidagi eng katta farq;
 N
max
ва 
N
min
–asbob shkalasining yuqori va 
pastki qiymatlari.
Asbob ko‟rsatishining aniqligiga uning sezgirligi ham katta ta„sir qiladi. Asbob 
strelkasi chiziqli yoki burchak siljishining shu siljishni hosil qilgan kattalikning 
o‟zgarishiga bo‟lgan nisbati 
asbobning sezgirligi 
deb ataladi: 
Q
n
s



, (2.8) 
bu erda S – asbobning sezgirligi; Δn – strelka siljishining o‟zgarishi; ΔQ – o‟lchanayotgan 
kattalikning o‟zgarishi.
Sezgirligi yuqori bo‟lgan asboblar asosan aniq o‟lchashlar uchun ishlatiladi. 
O‟lchanayotgan kattalik qiymatining asbob ko‟rsatishiga ta„sir qila oladigan eng 
kichik o‟zgarishi 
sezgirlik chegarasi 
deyiladi. 
Shkala va strelkaga ega bo‟lgan asboblar uchun asbobning sezgirligiga teskari 
bo‟lgan kattalik 
shkalaning bo’linmas qiymati 
deyiladi: 
n
Q
С



, (2.9) 
bu erda С-shkalaning bo‟linmas qiymati. 
Ikkita yonma-yon belgi orasidagi farq 
shkala bo’linmasi 
deb ataladi. Shkala 
bo‟linmasining qiymati strelkani bir bo‟linmaga siljitgan kattalik qiymatining 
o‟zgarishini tavsiflaydi. 
Ba„zan kattalikning haqiqiy qiymatini topish uchun asbob ko‟rsatishi to‟zatish 
koeffitsienti 
К
ga ko‟paytiriladi: 
n
nx
X
K
X


(2.10) 
O‟lchash asbobi ko‟rsatishining kechikshi uning inertsiyasini, ya„ni kattalik 
o‟zgarishi vaqtidan asbob ko‟rsatishining siljishigacha o‟tgan vaqtni tavsiflaydi. 
Asbob ko‟rsatishining kechikishi qancha kam bo‟lsa, asbobning sifati shuncha yuqori 
bo‟ladi.
O‟lchash vositlarining umumlashgan tavsifi asosiy va qo‟shimcha 
hatoliklarning chegaraviy qiymatlari bilan ifodalanadigan aniqlik sinfidan iborat. 
O‟lchash vositalarining aniqlik sinfi ularning aniqlik xossalarini tavsiflaydi, ammo 
ular shu vositalar yordamida olib borilgan o‟lchashlarning bevosita ko‟rsatkichi bo‟la 


14 
olmaydi. Yo‟l quyiladigan asosiy hatoliklar chegaralari keltirilgan hatoliklar 
ko‟rinishida quyidagi sonlardan aniqlik sinfi beriladi: (1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; 4,0; 5,0; 
6,0 )10 
n
, bunda n=1,0;- 1,0;- 2,0 va x k. O‟lchash asbobining aniqlik sinfi foizlarda 
hisoblangan eng katta keltirilgan hatolikka teng: 
%
100
%
100
min
max
max
max
max








N
N
X
N
X
j
K
n
(2.11) 
O‟lchash vositalarining hatoliklari statistik va dinamik hatoliklarga bo‟linadi. 
O‟lchash vositalarining statistik hatoligi 

ni muntazam 

м
va tasodifiy 

т
hatoliklardek tashkil etuvchilar yig‟indisi ko‟rinishda tasvirlash mumkin: 



м


т
(2.12) 
bunda 

м
-o‟zgarmas yoki sekin o‟zgaradigan kattalik; 

т
-o‟rta qiymati nolga teng 
bo‟lgan tasodifiy kattalik.
(2.12) munosabat o‟lchov vositasi hatoligi modelini tavsiflaydi. Shuning uchun 
o‟lchov vositasi aniq xossalarni tula va ob„ektiv tavsiflashda tasodifiy kattaliklar 
nazariyasi apparati-extimollar nazariyasidan foydalanish zarur.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə