1-маърўза: Кириш



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#138363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Kitob 2218 uzsmart.uz

1.3.O‟lchash vositalari 
 
O‟lchashlarda qo‟llaniladigan va normallashgan metrologik xossalarga ega 
bo‟lgan texnik vositalar 
o’lchash vositasi 
deyiladi. 
O’lchash vositalarining asosiy 
turlariga
o‟lchovlar, o‟lchash asboblari, o‟lchash o‟zgartkichlari va o‟lchash 
qo‟rilmalari kiradi. O‟lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar 
majmui 
o’lchash usuli 
deyiladi.
O‟lchov–berilgan o‟lchamdagi fizik kattalikni qayta o‟lchash uchun 
mo‟ljallangan o‟lchash vositasi. 
O‟lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar kiradi.
Standart namuna 
- modda va materiallarning xossalari yoki tarkibini 
xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o‟lchov. Masalan, 
tarkibidagi kimyoviy elementlari ko‟rsatilgan ferromagnit materiallar xossalarining 
standart namunasi.
Namuna modda 
- tasdiqlangan spesifikatsiyada ko‟rsatilgan tayyorlash 
shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma„lum xossalarga ega bo‟lgan moddadan 
iborat o‟lchov. 
Ko‟zautvchi idrok qilishi uchun qo‟lay shakldagi o‟lchov axboroti signalini 
ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‟lchash vositasi 
o’lchov asbobi 
deyiladi. 
O‟lchash asboblari ko‟rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalashgan, 
integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo‟linadi.
O‟lchashga doir axborotni o‟zatish, o‟zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun 
qo‟lay bo‟lgan ammo ko‟zatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‟lmaydigan 
shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat qiladigan o‟lchash vositasi 
o’lchash 
o’zgartkichi 
deb ataladi. O‟zgartiriladigan fizik kattalik 
kirish kattaligi
, uning 
o‟zgartirilgani esa 
chiqish kattaligi 
deyiladi. O‟lchanayotgan kattalik keltirilgan 
o‟lchash o‟zgartkichi 
birlamchi o’zgartkich 
deyiladi. Birlamchi o‟zgartkichlar 
ko‟pincha 
datchiklar
deb yuritiladi. Uning bevosita o‟lchanayotgan kattalik 
ta„siridagi qismi 
sezuvchan element 
deyiladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə