1-маърўза: Кириш


 O‟lchashlar haqida umumiy ma„lumotlar



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#138363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Kitob 2218 uzsmart.uz

1.2. O‟lchashlar haqida umumiy ma„lumotlar. 
 
Metrologiya-
o‟lchashlar, o‟lchash usullari va vositalari hamda talab etilgan 
aniqlikka erishish yo‟llari haqidagi fandir.
 
O’lchash–
fizik kattaliklarning qiymatlarini maxsus texnik vositalar yordamida 
tajriba usuli bilan topishdir. O‟lchash jarayonida odatda o‟lchanayotgan kattalikni 
shunday fizik kattalik bilan taqqoslanadiki, unga 1 ga teng bo‟lgan qiymat beriladi va 
u fizik kattalik birligi yoki o‟lchov birligi deyiladi. O‟lchash natijasi – kattalikni 
o‟lchov birligi bilan taqqoslash usuli yordamida topilgan qiymatidan iborat. O‟lchash 
natijasini tenglama ko‟rinishida quyidagicha yozish mumkin.
Uq
Q
yoki
q
Q
U


(1.1) 
bunda Q – o‟lchanayotgan fizik kattalik, U – o‟lchash natijasi, q –fizik kattalik birligi. 
(1.1) tenglama o‟lchashning asosiy tenglamasi yoki o‟lchash natijasi deb yuritiladi.
O‟lchanayotgan kattalikning son qiymati bevosita va bilvosita, to‟plamli va 
birlikda o‟lchash usullari yordamida topiladi..
Bevosita o’lchash 
deb shunday o‟lchashga aytiladiki, unda o‟lchanayotgan 
kattalikning izlanayotgan qiymati tajriba ma„lumotlaridan bevosita aniqlanadi. 
Masalan, haroratni termometr bilan, bosimni manometr bilan, uzunlikni chizg‟ich 
bilan o‟lchash va hokazo bevosita o‟lchashdan iborat.
Bevosita o‟lchash tenglamasi quyidagi ko‟rinishga ega:

n
C
Q
n



(1.2) 
n
Q
– o‟lchanayotgan kattalikning uning uchun qabul qilingan o‟lchov birliklaridagi qiymati; 
C–raqamli hisoblash qo‟rilmasi shkalasi bo‟linmalarining yoki bir marta ko‟rsatishining 
o‟lchanayotgan kattalik birliklaridagi qiymati; n – shkala bo‟linmalari hisobida indiqatorli qo‟rilma 
bo‟yicha olingan sanoq.
Bilvosita o’lchash 
deb shunday o‟lchashga aytiladiki, unda o‟lchash natijasini 
o‟lchanayotgan kattalik bilan ma„lum munosabat yordamida bog‟langan kattaliklarni 
bevosita o‟lchashga asoslangan bo‟ladi. Bilvosita o‟lchash tenglamasi quyidagi 
ko‟rinishga ega:

n
k
Q
Q
Q
f
Q
,...,
,
(
2
1

(1.3) 



bunda 
k
Q
– o‟lchanayotgan kattalikning izlangan qiymati; 
n
Q
Q
Q
,...,
,
2
1
– bevosita 
o‟lchanadigan kattaliklarning son qiymatlari. 
Bir nomli kattaliklarning bir vaqtda o‟lchanishiga to‟plamli o‟lchash deb 
ataladi. Bunda izlanayotgan qiymat kattaliklar birikmasini bevosita o‟lchash paytida 
hosil bo‟lgan tenglamalar tizimini Еchish orqali topiladi. Bu turdagi o‟lchash usuli 
tajriba ishlarida va ilmiy tekshirish ishlarida qo‟llaniladi. 
Birgalikda o’lchash 
- bu har xil nomli kattaliklarning o‟zaro nisbatini topish 
maqsadida bir vaqtda bajariladigan o‟lchashdir. 
O‟lchanayotgan kattalik Q ning izlanayotgan qiymatining birgalikda o‟lchash 
usulidagi umumiy ko‟rinishi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: 
)
x
,
,
x
,
F(x
Q
n
2
1


(1.4) 
bu erda F- funktsional bog‟lanish; 
1
x
,
2
x
,…,
n
x
- bevosita o‟lchash yo‟li bilan topilgan 
kattaliklarning qiymatlari. 
Birgalikda o‟lchash usuli so‟nggi paytlarda keng tarqalmoqda. Masalan, 
murakkab, ko‟p tarkibiy qismli aralashmalarni tahlil qilishda shu usul qo‟laniladi. 
Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi bilan bu o‟lchash turining qo‟llanilishi 
yana ham kengaydi.
O‟lchashlar yana absolyut va nisbiy o‟lchashlarga bo‟linadi: 
Bitta yoki bir necha asosiy kattaliklarni fizik konstantalaridan foydalanib yoki 
foydalanmasdan bevosita o‟lchash 
absolyut o’lchash 
deb ataladi.
Biror kattalikning shu ismli birlik nomini o‟ynayotgan kattalikning nisbatini 
o‟lchash yoki kattalikni shu ismli birlik kattalik deb qabul qilingan kattalik bo‟yicha 
o‟lchash 
nisbiy o’lchash 
deb ataladi.
O‟lchovlar o‟lchash usulining turli uslublari bilan olib boriladi. Zamonaviy 
metrologiyada to‟rt xil asosiy o‟lchash uslubi mavjud. 
1.
Bevosita baholash uslubi
–o‟lchanayotgan kattalik qiymatini bevosita 
o‟lchash asbobining daraja ko‟rsatgichi bo‟yicha aniqlanadi. Bu uslub o‟lchanayotgan 
kattalik qiymatini asbobning ko‟rsatayotgan yoki yozib olgan chiqish qiymatiga 
to‟g‟ri almashtirish bilan tavsiflanadi.
2.
O’lchov bilan solishtirish yoki solishtirish uslubi 
– o‟lchanayotgan kattalik 
qiymatini namunali o‟lchov bilan solishtirishdan iborat. 
3.
Differensial uslub
da o‟lchash natijasida asbob ko‟rsatkichiga ta„sir qiluvchi 
o‟lchanayotgan kattalik qiymati bilan ma„lum o‟chov orasidagi farq aniqlanadi. 
4.
Nolaviy (kompensatsion) uslub 
– solishtirish asbobiga kattaliklar ta„sirining 
effekti nolga Еtkazilish o‟lchovi bilan solishtirishdan iborat. 
O’lchov birliklari mustaqil, hosila, karrali, o’nlik va kogerent o’lchov 
biriliklariga bo’linadi. 
Bir-biriga bog‟lanmagan birliklarga 
mustaqil o’lchov birligi
deb ataladi. Metr, 
kilogramm, sekund, kelvin, amper, kandela, mol mustaqil birliklar jumlasidandir.
Birliklari belgilangan kattaliklar bilan birliklari erkin tanlangan kattaliklar 
orasidagi qonuniy bog‟lanish asosida aniqlanuvchi birliklar 
hosilaviy birliklar
deb 
ataladi. 



Mustaqil yoki hosila birliklarning butun soniga teng o‟lchov birliklariga 
karrali 
o’lchov birligi 
deb ataladi. 
O’nlik birliklar 
– mustaqil yoki hosila birlikning aniq butun qismiga teng 
bo‟lgan o‟lchov birligi. Karrali va o‟nlik birliklar asosiy yoki hosila birlikni karrali 
o‟nga ko‟paytirish yoxud bo‟lish yo‟li bilan hosil qilinadi. 
Sonli koeffitsienti birga teng bo‟lgan tenglama orqali tizimning boshqa 
birliklari bilan bog‟langan hosila birlik 
kogerent birlik 
deyiladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə