1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə66/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

Qazish radiusi (Rq) ekskavatorning aylanish o ‘qidan qazish vaqtidagi cho‘mich tishining tighgacha bo‘lgan gorizontal masofa. Rukoyati gorizontal yo‘nalishda maksimal uzatilgandagi masofa maksimal qazish rudasi ( R q ^ J hisoblanadi (9-rasm).



9-rasm. Mexanik cho‘mieMi ekskavatorning ishchi parametrlari.

Ekskavator turgan gorizontida rukoyatni cho‘mich bilan birga gusenitsaga m umkin bo4gan masofagacha yaqinlashtirilgandagi


aylanish o‘qi bilan cho'mich tishi tig'i oralig'idagi gorizontal masofa minimal qazish radiusi (R qmm) hisoblanadi. Ekskavatorning o‘zi turgan gorizont tekisligi bo'yicha kon jinslarini qazishga boshlash joyi bilan aylanish o‘qi o'rtasidagi gorizontal masofa qazish radiusi ( R q ) ni tashkil etadi.
Qazish balandligi (H q) - qazish vaqtidagi ekskavator turgan gorizontdan cho'm ich tishi tig'igacha bo'lgan vertikal masofa. Rukoyatni maksimal ko'tarilgandagi ekskavator turgan gorizont­ dan cho'm ich tishi tig'igacha bo'lgan masofa maksimal qazish balandligi (H qnm) hisoblanadi.
Ekskavator turgan gorizontdan pastga joylashgan kon mas­ sasini qazib olish chuqurligi maksimal qazish chuqurligi (H k) deyiladi.
Yuklash radiusi (RyJ - ekskavator aylanish o'qi bilan kon
massasini to'kish vaqtidagi cho'm ich markazigacha bo'lgan gorizontal masofa. Rukoyatni gorizontal bo'yicha maksimal uzatilgan holatidagi ekskavator aylanish o 'q idan cho'm ich markazigacha bo'lgan masofa maksimal to'kish rudasi (Rm^o-t) deb ataladi.
To'kish balandligi (H to.k) - ekskavator turgan gorizont bilan cho'michdagi kon massasini to'kilayotgandagi ochilgan cho'mich qopqog'ining eng pastki qirrasigacha bo'lgan vertikal masofa. C ho'm ich yuqoriga maksimal ko'tarilgan holda bo'shatilishida ochilgan qopqoqning pastki qirrasi bilan ekskavator turgan gorizont o'rtasidagi vertikal masofa maksimal bo'shatish balandligi (N rmax) ga mas keladi.
Ekskavatorlarning ishchi parametrlari ularning qo'llanish
stcralari va kayjoylaming o'lchamlarini belgilaydi. Ekskavatoriaming o'lcham lari kuzovning aylanish radiusi (R k) va balandligi (H k) orqali aniqlanadi (9-rasm). Massasi 1000 tonnagacha bo'lgan mexanik bir cho'm ichli ekskavatoriaming balandlikka ko'tarilish qiyaligi 12° ni, katta massaga ega bo'lganlarining ko'tarilish qiyaligi esa, - 7° ni tashkil etadi.
Karyer mexanik cho'michli va ochish ishlarida qo'llanadigan ekskavatorlarning texnologik parametrlari 1-jadvalda keltirilgan.
10-rasnt. Draglaynning ishchi organi parametrlari.

Mexanik cho'michli ekskavatorlar pog'ona ishchi maydoniga joylashgan bo'lib, kayjoyni qazib olish mobaynida oldinga surilib boradi. Mexanik cho'm ichli ekskavatorlarning ish sikli quyidagi operatsiyalarni o ‘z ichiga oladi: kayjoyni qazish (cho'm ichni to'ldirish), cho'm ichni bo'shatish joyiga burish, cho'm ichdagi kon massasini to'kish va dastlabki holatga qaytish (kayjoyga burilish). Ekskavator kuzovini cho'michdagi kon massasini to'kish joyiga burilishi va cho'm ichni pastlatib borish operatsiyalari bir vaqtda parellel amalga oshiriladi. Ekskavator siklining 55-60 %ini burilish operatsiyasi tashkil etadi. Shuning uchun ekskavatorning burilish burchagi kamayib borgan sari sikl davomiyligi ham qisqarib boradi. Natijada ekskavator texnik unumdorligi yuqori bo'ladi.
Draglayn siklini tashkil etuvchi operatsiyalar quyidagi tar- tibda bajariladi: cho'm ichni kayjoyga itqitish, cho'm ichni ishchi holatga keltirish, massivni qazish (cho'm ichni to 'ld irish), cho'michni kayjoydan chiqarib olish, kon massasini to'kish joyiga burilish, cho'm ichni bo'shatish va kayjoy tom onga burilib, dastlabki holatga qaytish (10-rasm). Cho'michni kayjoyga tushirish va kayjoydan chiqarib olish operatsiyalari burilish bilan parallel amalga oshiriladi.
Jinslarni ag'darm aga to 'k ishda ch o 'm ich n i bo'shatish operatsiyasi ekskavatorni burilishdan to'xtatm ay turib bajarilishi mumkin. Bunda ekskavatorning burilishi 360° ni tashkil etadi. Natijada cho'm ichni bo'shatish uchun to'xtalish va cho'm ich bo'shatilgandan so'ng orqaga burilishga sarflanadigan vaqtning kamayishi hisobiga sikl davomiyligi qisqarishiga erisliiladi.
Draglaynlaming texnologik parametrlari 2 -jadvalda ko'isatilgan. Zanjirli ko'p cho'm ichli ekskavatorlar texnologik param etr­
lari 3-jadvalda ko'rsatilgan.


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə