1-Mavzu : Kon ishlarining mohiyati, asosiy tushunchalar va atamalar. Reja



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə64/128
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#167087
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128
foydali qazilma ma`ruza

 

64 



 


Ruda yo’qotilishi va sifatsizlanishi. 
Rudani yer qa'ridan sifatli va to’laroq qazib olish darajasi uning yo’qotilishi va 
sifatsizlanishi bilan baholanadi. Turli sabablarga ko’ra qayta qazib olinmaydigan yer ha'rida qolib 
ketadigan balans zahiraning qismi ruda yo’qotilishi deyiladi. Odatda qazib olingan rudaning sifati 
massivdagidan ma'lum miqdorda past bo’ladi, ya'ni qazib olingan ruda massasidagi foydali 
komponent miqdori massivdagidan kam bo’ladi. Ruda yo’qotilishi birlik ulushlari yoki foizlarda 
o’lchanadi, shu sababli yo’qotilish miqdoriy ko’rsatkich hisoblanadi. 
Ruda yo’qotilishi umumrudnik, massiv va ajratib olingan ruda bo’yicha ekspluatatsion 
yo’qotilishlarga bo’linadi. Kapital kon lahimlari atrofida, ularni saqlash maqsadida va yer yuzidagi 
turli ob'yektlarni shikastlanishidan muxofaza qilish uchun ular ostida qoldirilgan tseliklardagi ruda 
zahiralari umumrudnik ruda yo’qotilishini tashkil qiladi. 
Massivdagi ekspluatatsion ruda yo’qotilishi qazish bloklari ichida, kon-tayyorlov lahimlari 
(shtreklar, ko’tarmalar va h.k.) ni saqlash uchun ular atrofida qoldirilgan tseliklar, shuningdek, ruda 
tanasi bilan uni o’rab olgan jinslar kantaktida qolib ketadigan ruda zahiralaridan iborat bo’ladi. 
Ajratib olingan ruda massasidagi ekspluatatsion ruda yo’qotilishi qazish blokidagi rudani turli 
sabablarga ko’ra to’la tushirib olinmasligi tufayli sodir bo’ladi. 
Ruda sifatsizlanishi quyidagi sabablarga ko’ra sodir bo’ladi: 
- blokdan tushirib olinadigan rudani massivdan massasiga aralashib ketishi oqhibatida 
ifloslanishi; 
- turli sabablarga ko’ra foydali komponentga boy bo’lgan foydali qazilmani yo’qotilishi 
tufayli qazib olingan ruda massasining sifatsizlanishi; 
- yer osti (shaxta) suvlari ta'sirida ruda tarkibidagi foydali komponentlarning 
(metallarning) erib ketishi natijasida ruda massasining sifatsizlanishi. 
Ruda yo’qotilishi va uni sifatsizlanishi konchilik korxonalarining hisobot ko’rsatkichi 
hisoblanadi va bu ko’rsatkichlarning katta bo’lishi rudnikka salbiy iqtisodiy ta'sir etadi. Chunki ruda 
yo’qotilishi va rudani qayta ishlash harajatlarini ko’payishiga olib keladi. Shu sababli ruda konlarini 
qazib olish va rudani qayta ishlaydigan korxonalarda ruda yo’qotilishi va sifatsizlanishi darajasini 
pasaytirish ularning samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə